Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh vitse-prezidentiga bog‘liq mem sabab norvegiyalik turist mamlakatga kiritilmadi
Aeroportda chegarachilar Norvegiyadan kelgan 21 yoshli yigitning telefonini tortib olgan. Ular yigit agar telefon parolini aytmasa, jarimaga tortish yoki 5 yilga qamash bilan tahdid qilgan.

Foto: AP
21 yoshli norvegiyalik turist Mads Mikkelsen telefonidan AQSh vitse-prezidenti Jyey Di Vensga aloqador mem topilganidan keyin immigratsiya xizmati uni haqorat qilib, Qo‘shma Shtatlarga kirishiga ruxsat bermaganini ma’lum qildi. Suratda Vens kal va multfilm qahramonlariga o‘xshash yuzda tasvirlangan.
Yigit Nyu-Jyersidagi Nyuark Liberti xalqaro aeroportida 11 iyun kuni uchib kelgan. Chegarachilar uni alohida xonaga olib o‘tib, telefonini olib qo‘ygan. Mekkelsenning aytishicha, uni hech qanday asossiz giyohvand moddalar tashish, terrorchilik rejalari va ekstremizmga oid savollar bilan so‘roq qilishgan. Bundan tashqari, undan AQShda uchrashmoqchi bo‘lgan har bir insoni to‘g‘risida ma’lumot berish so‘ralgan. Shuningdek, norvegiyalikka agar telefoni parolini aytmasa, jarimaga tortish yoki 5 yilga qamash bilan tahdid qilingan.
Mekkelsen AQShga do‘stlari bilan uchrashish uchun tashrif buyurgan, bir necha haftadan keyin safarga uning onasi ham qo‘shilishi kerak bo‘lgan — ular bir nechta milliy bog‘ga borishni rejalashtirgan.
Yigit tintuv qilingan, barmoq izlari va qon namunalari olingan, shuningdek, uning tashqi ko‘rinishi skanerdan o‘tkazilgan. Bir necha soat kamerada o‘tirgan norvegiyalik Osloga qaytadigan samolyot bortiga chiqarib yuborilgan.
Shov-shuvga sabab bo‘lgan mazkur holatdan keyin AQSh Bojxona va chegara xizmati o‘z munosabatini bildirishga majbur bo‘ldi. Idoraning ma’lum qilishicha, yigitning deportatsiyasiga mem emas, balki Mikkelsen oldinlari giyohvand moddalar iste’mol qilganini tan olgani sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

21:13 / 09.07.2025
AQSh armiyasi Patriot raketalari xaridini to‘rt baravar oshirdi

18:49 / 09.07.2025
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi

18:03 / 09.07.2025
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

13:56 / 09.07.2025