Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi
Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda ma’muriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Nukus shahridagi “Oqqush” majmuasida tashkil etilgan o‘tovlar ko‘rgazmasini ko‘zdan kechirdi.
Bu haqda davlat rahbari 2022 yilda hududga tashrifi chog‘ida ko‘rsatma bergan edi. Shu asosda ellik gektardan ortiq maydon yanada obod qilinib, ko‘plab o‘tovlar barpo etildi. Eng katta o‘tovning diametri 42, balandligi 22 metr. Unda ma’muriyat, oshxona va boshqa xonalar mavjud. Bu yerda turli madaniy tadbirlar, forumlar o‘tkazish mumkin.
Majmuada qoraqalpoq, qozoq, turkman, qirg‘iz, boshqird kabi turkiy xalqlarning hamda Qoraqalpog‘iston tumanlarining o‘tovlari tashkil etilgan. Ularda qardosh ellar tarixi, madaniyati va turmush tarzi o‘z ifodasini topgan.
Prezident ushbu o‘tovlarni kirib ko‘rdi.
- Bizning tomirimiz, taqdirimiz bir. Mana shunday ishlarni ko‘paytirib, birgalikda festivallar o‘tkazib, xalqlar do‘stligini yanada mustahkamlash kerak. Milliy hunarlarni asrab, yosh avlodga yetkazish, bu bo‘yicha shogirdlar tayyorlash, bolalar uchun o‘z ona tilida kitoblar chiqarishni kengaytirish zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bog‘da sun’iy ko‘l, orolcha va mehmonxona ham bor. Bular qisqa davrda mazkur maskanni turizm manzillaridan biriga aylantirdi. O‘tovlar, milliy kiyim va buyumlarga sayyohlar katta qiziqish bilan qaramoqda.
Shu bilan prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga tashrifini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
-
Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat litsenziyalanadi
O‘zbekiston | 13:10
-
Tibbiyot birlashmasiga ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Jamiyat | 13:03
-
Rossiyani qo‘llashga tayyor Xitoy, Isroilga chora ko‘rmoqchi bo‘layotgan Yevroittifoq va FETOʻchilar ta’qibini davom ettirayotgan Turkiya – kun dayjesti
Jahon | 12:54
Mavzuga oid

15:55 / 12.07.2025
Nukus - Oqtov yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

19:24 / 20.05.2025
Nukus davlat texnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

07:33 / 26.04.2025
Nukusda insult bo‘lib, uyida qamalib qolgan fuqaro qutqarildi

19:59 / 05.04.2025