Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamenti 2001 yildan beri birinchi marta Vazirlar Mahkamasining barcha a’zolarini tasdiqladi
Bu yangi prezident Mas’ud Pizishkiyon mamlakatning barcha kuchlari bilan konsensusga erishganini ko‘rsatmoqda.

Foto: AP
Eron parlamenti 21 avgust kuni prezident Mas’ud Pizishkiyon taklif qilgan Vazirlar Mahkamasining barcha a’zolarini tasdiqladi. Prezident yigirma yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta barcha tarafdorlarini ushbu organ orqali o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozdi Al-Arabiya.
Nashrning qayd qilishicha, ushbu hodisa Ibrohim Raisiiy vertolyotda halok bo‘lganidan so‘ng prezidentlikka saylangan uzoq yillik deputat Pizishkiyonning erta g‘alabasini anglatadi.
Deputatlar roziligini olish Pizishkiyonning munozarali qarorlar qabul qilishdan ko‘ra, Eron teokratiyasidagi barcha kuch markazlari uchun ma’qul bo‘lgan nomlar bilan konsensus kabinetini tanlaganini ko‘rsatadi.
Pizishkiyonning yangi vazirlar mahkamasi a’zolari orasida 61 yoshli Abbos Aroqchiy ham bor, u Eronning yangi tashqi ishlar vaziri bo‘ladi. Aroqchiy 2015 yilda dunyo kuchlari bilan yadroviy kelishuvga erishgan Eron muzokaralar guruhi a’zosi bo‘lib, Tehronning yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalar bekor qilinishiga erishgan.
2018 yilda prezident Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarni yadro kelishuvidan olib chiqib, Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilgan edi. Pizishkiyon prezidentlik kampaniyasi davomida yadroviy kelishuvni jonlantirishga harakat qilishini aytdi.
Qonunchilar tomonidan eng ko‘p qo‘llab-quvvatlangan nomzod mamlakatning yangi mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda bo‘ldi, u amaldagi 288 deputatdan 281 nafarining ovozini oldi. Nosirzoda 2018 yildan 2021 yilgacha Eron havo kuchlari bosh qo‘mondoni bo‘lgan.
Sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Rizo Zafarqandiy eng kam ovoz to‘plagan — 163 ta. Uy-joy va yo‘llar vaziri Farzona Sodiq, 47 yoshli arxitektor 231 ovoz oldi. U Eronning o‘n yildan ortiq vaqt ichidagi birinchi ayol vaziri bo‘ldi.
Parlament, shuningdek, razvedka vaziri sifatida Ismoil Xatib hamda Adliya vaziri sifatida Amin Husayn Rahimiyni tasdiqladi. Abbos Aliobodiy energetika vaziri bo‘ldi. Uchalasi ham Raisiy davrida Vazirlar Mahkamasida ishlagan.
Nashrning eslatishicha, bundan oldin faqat Muhammad Xotamiy 1997 va 2001 yillarda prezident sifatida taklif qilgan barcha nomzodlarini parlament tasdig‘idan o‘tkazgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
Mavzuga oid

18:28
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:40 / 24.07.2025
Eron TIV rahbari: Tehron uranni boyitishdan voz kechmaydi

22:18 / 22.07.2025
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV

07:52 / 22.07.2025