Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
Butun respublika hududida fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishining yagona tartibi joriy etiladi. Shu tariqa, Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun belgilangan alohida tartib bekor qilinadi. Fuqarolar turar joyi o‘zgargan taqdirda, bu haqda “pasport stol”ni xabardor qilib qo‘yishi yetarli bo‘ladi. Qonunchilik palatasi bu o‘zgarishlar haqidagi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishi va turar joyi bo‘yicha xabardor qilishi tartibi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi respublikada doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatga olishning yagona tartibini joriy etishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda amalda bo‘lgan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qonun sababli fuqarolarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelmoqda. Ko‘rib chiqilgan qonun loyihasi bilan ushbu qonun bekor qilinib, respublika bo‘yicha fuqarolarning yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishining yagona tartibini joriy etish, shuningdek, vaqtincha turgan joy bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibini takomillashtirgan holda turar joy bo‘yicha xabardor qilish tizimini joriy etish taklif qilinmoqda.
Endilikda Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun alohida, boshqa viloyatlar uchun esa alohida ro‘yxatga olish tartibi bo‘lmaydi, bunday amaliyotdan voz kechiladi, respublika bo‘yicha bir xil tartib amal qiladi.
Bundan tashqari, aholining ayrim ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 223-moddasida belgilangan pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni liberallashtirish nazarda tutilgan.
Jumladan, 18 yoshgacha bo‘lgan, 60 yoshdan oshgan yoki to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan, shuningdek jazoni ijro etish muassasasidan jazoni o‘tab chiqqan, favqulodda vaziyatlar, turar yoki noturar joylarning yonishi, qulashi, transport vositalarining yonishi kabi hodisalar ro‘y berganligi oqibatida jabrlangan shaxslar endilikda pasport tizimi qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikdan to‘liq ozod etiladi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Rossiyaning butun Ukrainaga bo‘lgan da’vosi haqida ma’lum qildi
Jahon | 08:41
-
Depozitar operatsiyalar hisobini yuritish qoidalari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 08:36
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
Mavzuga oid

11:17 / 18.06.2025
Ota-onasi xorijda yurgan 350 dan ziyod bolaga vasiy tayinlandi

09:15 / 15.06.2025
Propiska mashmashasi, “sud-pud demaydigan” hokim va Rossiyaga nota - hafta dayjesti

11:05 / 13.06.2025
Toshkent viloyatidagi «og‘ir» toifadagi mahallalarda quyosh fotoelektr stansiyalari quriladi

20:55 / 12.06.2025