Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi
Oktyabr oyida Imom Termiziy asarlari tarjima va sharhi tayyorlanadi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya va tanlov o‘tkaziladi.
«Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024 yil oktyabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligi keng nishonlanadi.
Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi:
Imom Termiziyning «Ash-Shamoil al-Muhammadiyya» va «Sunani Termiziy» asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjima va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish;
2024 yil oktyabr oyida Toshkent shahrida «Islom – tinchlik va ezgulik dini» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya hamda konferensiya doirasida Termiz shahrida «Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish.
2024 yil sentabr-oktyabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosi: o‘tmish va bugun» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida «Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni» tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.
Mavzuga oid

07:56 / 09.04.2025
Termizda Afg‘oniston fuqarolari uchun stomatologiya klinikasi filiallari ochilishi mumkin

17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi

09:09 / 08.01.2025
Termiz aeroportida tuman tufayli ayrim reyslar boshqa aerodromga yo‘naltirildi

17:11 / 16.12.2024