Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sud hukmlarining dublikati va ko‘chirma nusxalari uchun boj to‘lanadi
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, hukmlarning dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun hujjat har bir beti uchun BHM 2 foizi miqdorida boj undiriladi.
Prezident tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini mustahkamlashga, sudlar faoliyati haqida jamoatchilikni xabardor qilishga hamda yagona sud amaliyotini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun imzolandi.
“Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga kiritilayotgan qo‘shimchaga ko‘ra, hukmlarning dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun hujjat har bir beti uchun BHM 2 foizi miqdorida boj undiriladi.
Ma’lumot uchun: hukm e’lon qilinganidan keyin uch sutkadan kechiktirilmay, hajmi katta bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirilmay, uning nusxasi mahkumga va oqlangan shaxsga berilishi lozim. Boshqa taraflarga hukm nusxasi yoki uning ko‘chirmasi shu muddatda, ularning iltimoslariga asosan beriladi.
Agar mahkum qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, hukmning ko‘chirma nusxasi unga qamoqda saqlash joyining ma’muriyati tomonidan hukm kelib tushgan kuni tilxat olib topshiriladi, tilxat ko‘chirma nusxa topshirilgan sana va vaqt ko‘rsatilgan holda sudga taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol firibgarlik uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Litvada qo‘lga oldi
Jamiyat | 23:47 / 08.07.2025
-
O‘zbekistonda IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish tartibi bekor qilinadi, xorijdan qaytgan fuqarolar majburiy tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:35 / 08.07.2025
-
AQSh import bojlaridan keladigan daromad 300 mlrd dollardan oshishini kutmoqda
Jahon | 23:23 / 08.07.2025
-
Jazirama ortda qoldi. Oldinda – mo‘tadil yoz
Jamiyat | 23:03 / 08.07.2025
Mavzuga oid

15:21 / 08.07.2025
Tramp yana YeI tovarlariga bojlarni oshirishni kechiktirdi

14:41 / 07.07.2025
BRICS davlatlari Trampning bojlarini tanqid qildi

14:45 / 18.06.2025
Ayrim tovarlarni bojsiz olib kirish normalari o‘zgartirildi

15:39 / 05.06.2025