Bojxona qo‘mitasi eng ko‘p import qilinadigan mahsulotlarni onlayn ko‘rish imkoniyatini ishlab chiqdi
O‘zbekistonga eng ko‘p import qilinadigan 31 guruhdan iborat 722 turdagi iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmi bilan tanishish imkoniyati yaratildi. Buning uchun customs.uz saytiga kirib, tovarlarning tashqi bojxona statistikasi bo‘limiga o‘tish kerak bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, joriy yil avgust oyidan O‘zbekistonga eng ko‘p import bo‘layotgan iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmi haqida ma’lumotlar onlayn uzatila boshlandi.
Ma’lumotlar eng ko‘p import bo‘layotgan 31 guruhdan iborat 722 turdagi iste’mol tovarlari ro‘yxati va hajmini o‘z ichiga oladi. Ularni onlayn ravishda kuzatib borish imkoniyati mavjud.
Buning uchun bojxona qo‘mitasining rasmiy veb sayti – customs.uz’ga kirib, tovarlarning tashqi bojxona statistikasi bo‘limiga o‘tish kerak. Keyingi bosqichda iste’mol tovarlari importi qismi tanlanadi. Oynaning o‘ng tomonida joylashgan tugma yordamida hisobot davrini ko‘rsatish orqali import oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlar ro‘yxati va hajmi bilan tanishib, kerakli bo‘lgan tovar guruhini tanlash yo‘li bilan ushbu tovarlarning qiymati va o‘sish dinamikasini ko‘rish mumkin. Barcha ma’lumotlarni excel formatida yuklab olish imkoniyati ham bor.
Qo‘mita matbuot xizmati rahbari (vazifasini bajaruvchi) Husan Tangriyevning Kun.uz’ga aytishicha, 2024 yilning 17 iyul kuni davlat rahbari boshchiligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida eng ko‘p import qilinayotgan tovarlar haqida onlayn ma’lumot berish funksiyasini ishga tushirish borasida topshiriq berilgan.
“Tadbirkorlar O‘zbekistonga qaysi tovar eng ko‘p import qilinayotgani haqidagi ma’lumotlarni bilsin va shunga qarab biznesi, ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ysin degan maqsadda shunday funksiyani ishga tushirdik”, - dedi u.
Eng ko‘p eksport qilinayotgan tovarlar va davlat kesimida qaysi mahsulot qancha import qilinayotgani haqida ma’lumotlar hozircha mavjud emas. Husan Tangriyevning qo‘shimcha qilishicha, bu takliflar bildirilgan.
“Ko‘pdan beri tadbirkorlarning bunday ma’lumotlarga “dostupi” bo‘lmagan. Ma’lumotlar yanada kengayishi, qo‘shimcha ma’lumotlar qo‘shilishi mumkin. Davlatlar kesimida ham raqamlar ochiqlanishi mumkin”, - dedi u.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Rossiya va Ukraina haqida: «Ba’zida bolalarga biroz mushtlashishga qo‘yib bergan ma’qul»
Jahon | 15:01
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Orolbo‘yi iqlimida yog‘ingarchilikni modifikatsiyalash texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:24
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
Mavzuga oid

17:10 / 21.04.2025
Jismoniy shaxslarning xorijdan tovar olib kirishiga cheklovlar kuchaytirilganiga izoh berildi

15:54 / 07.03.2025
Bojxona qo‘mitasi 9,3 mlrd so‘mlik noqonuniy tamaki mahsulotlarini yo‘q qildi

15:55 / 27.01.2025
«Dovud ota» postidan Qozog‘istonga o‘tish va qaytish uch oyga to‘xtatiladi

20:17 / 28.11.2024