Kursk, Voronej va Orel oblastlariga dronlar hujum qildi
Telegram-kanallarda Borisoglebsk va Jyeleznogorskdagi portlashlar aks etgan videolar tarqatilmoqda.
Voronej oblasti gubernatori Aleksandr Gusev 14 avgust, chorshanbaga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumi haqida ma’lum qildi. Rasmiyga ko‘ra, mintaqada «ko‘p sonli samolyot tipidagi dronlar» yo‘q qilingan.
UUA qoldiqlarining qulashi natijasida «yakka tartibdagi turar joy binolari, xo‘jalik inshootlari va transport vositalariga ozgina zarar yetkazildi, qurigan o‘simliklar yong‘inlari qayd etildi», deb yozdi Gusev o‘zining Telegram-kanalida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q. Shu bilan birga, Telegram-kanallarida Voronej oblastining Borisoglebsk shahrida sodir bo‘lgan portlashlar aks etgan videolar e’lon qilinmoqda. Shaharda harbiy aerodrom bor.
Kechasi ikki marta Kursk oblastida raketa xavfi haqida xabarlar e’lon qilindi. Gubernator vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, havo hujumidan mudofaa vositalari Ukraina to‘rtta raketasini urib tushirgan. Kursk viloyatining Jyeleznogorsk shahrida ham portlash sodir bo‘lgani xabar qilingan.
Bundan tashqari, Orel oblastida dron hujumlari qayd etilgan. Anaxino qishlog‘ida yashovchi fuqaro UUA hujumi sodir bo‘lgan paytni suratga oldi. Mahalliy hukumat zarba haqida izoh bermadi.
Lipetsk oblasti gubernatori Igor Artamonov ham dron hujumlari xavfi haqida ma’lum qildi.
Mavzuga oid

13:19 / 11.03.2025
Ukraina Rossiya bo‘ylab eng yirik dronlar hujumini amalga oshirdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor

17:12 / 24.01.2025
Rossiya regionlariga 100 dan ortiq dron bilan hujum uyushtirildi

10:50 / 14.01.2025
Ukrain dronlari Rossiyaning bir necha regionlariga hujum qildi

20:00 / 31.12.2024