Qoraqalpog‘istonning ikki tumanida yangi hokimlar ish boshladi
Kamiljan Aytbayev Taxiatosh tumaniga, Anvar Baymuratov Qorao‘zak tumaniga hokim etib tayinlandi.

Foto: Jo‘qorg‘i Kenges
7 avgust kuni xalq deputatlari Taxiatosh tumani kengashining navbatdan tashqari 80-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Kamiljan Kurbanbayevich Aytbayev hududning yangi hokimi etib tayinlandi.
Aytbayev faoliyati davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Xo‘jayli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimlarida ishlagan.
Bunga qadar u Amudaryo tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borayotgandi.
Shu kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumaniga Anvar Maxsetovich Baymuratov hokim etib tayinlandi.
Baymuratov 1983 yil 11 iyulda Nukus shahrida tug‘ilgan.
2020 yildan bugunga qadar Qorao‘zak tumani hokimining o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
U, shuningdek, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, Qoraqalpog‘iston Xususiylashtirilgan korxonalarga kumaklashish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida ma’suliyatli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Qoraqalpog‘istonning Taxiatosh tumaniga 2023 yil aprelidan buyon Daniyar Kurbanov, Qorao‘zak tumaniga 2020 yil noyabridan buyon Uzaqbergen Utambetov rahbarlik qilib kelayotgandi. Ularning ikkisi ham 2024 yil iyulida prezident raisligidagi videoselektorda ishdan olingandi.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Hurgadaga: dengiz, quyosh va sharqona ertak
O‘zbekiston | 09:00
-
Chexiya O‘zbekiston transport infratuzilmasi modernizatsiyasida ishtirok etadi
O‘zbekiston | 15:26
-
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
Sport | 15:13
-
Chorvoqdagi xonadon - dam olishmi yoki investitsiya? Nega ikkovi ham bo‘lmasin?
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025