Poytaxtda 25 ta yerusti piyodalar o‘tish joylari quriladi
Shahar kengashining qarori bilan, dastlabki qurilish ishlarini boshlash uchun 53,6 mlrd so‘m ajratildi. Pullar mahalliy budjetning 2024 yilgi qo‘shimcha manbalari hisobidan moliyalashtiriladi. Umumiy hisobda 107,2 mlrd so‘mga 25 ta yerusti piyodalar o‘tish joylari barpo qilinishi kutilmoqda.

Foto: Kun.uz
Xalq deputatlar Toshkent shahar kengashining shu yil 31 iyuldagi qarori bilan poytaxtda yerusti piyodalar o‘tish joylarini qurishning dastlabki bosqichi uchun 53 mlrd 629 mln 15 ming so‘m ajratildi.
Hujjatga ko‘ra, shaharda jami 25 ta shunday inshootlar barpo qilinishi reja qilingan. Kengashning ilk hisob-kitoblari bilan shuning 20 tasini qurish uchun 107 mlrd 258 mln 3 ming so‘m pul sarflanishi talab qilinadi.
Bundan tashqari, Toshkent shahar SSTISM Sebzor suv havzasida basseyn suvi hamda yuvinish xonalarini issiq suv bilan uzluksiz ta’minlash uchun muqobil qozonxona qurilishi va unga 600 mln so‘m ajratilishi ham ma’lum qilingan.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar mahalliy budjetning 2024 yilda shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan taqsimlanishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi hozirda Temur Malik ko‘chasi salkam 200 mlrd so‘mga 2 ta bosqichda rekonstruksiya qilinmoqda. Qurilish-montaj ishlari doirasida bitta avtomobil o‘tkazgich yo‘li hamda ikkita piyodalar uchun yerosti yo‘li barpo qilinishi aytilgan.
28 metrli yo‘l o‘tkazgichni qurish uchun 128,6 mlrd so‘m, 2 km yo‘l qismining qurilish-montaj ishlariga 67,9 mlrd so‘m ajratilgan. 2022 yil dekabrida ushbu 2 km yo‘lni ta’mirlash loyihasi 41,2 mlrd so‘mga baholangandi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kanada Chubays va Putinning sobiq xotiniga qarshi sanksiyalar kiritdi
Jahon | 10:27
-
Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi
O‘zbekiston | 10:00
-
Kichik va o‘rta biznes uchun uskunalar ko‘rgazmasi
O‘zbekiston | 09:00
-
Kallas G‘arbni Rossiyaga qarshi birlashishga chaqirdi
Jahon | 08:50
Mavzuga oid

20:22 / 18.06.2025
Qo‘yliq bozorida bo‘g‘ma ilonlarni noqonuniy sotayotganlar jazolandi

14:12 / 14.06.2025
Toshkentda ikki yigit nogironligi bor tanishining pulini olib qochdi

11:54 / 14.06.2025
Toshkentda quyma oltinga o‘xshatib tayyorlangan metallarni 70 ming dollarga sotayotganlar ushlandi

16:29 / 13.06.2025