Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston iqtisodiyoti hajmi 100 mlrd dollardan oshgan - tadqiqot
O‘zbekistonning 2023 yilgi yalpi ichki mahsuloti hajmi qayta baholashdan keyin 12 foizga oshib, 101 mlrd dollarni tashkil etdi. Nominal YaIMning 10,7 mlrd dollarga oshishi qayta baholashda yashirin iqtisodiyot ham inobatga olingani bilan bog‘liq.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Statistika agentligi, Jahon banki missiyasi bilan birgalikda, yashirin iqtisodiyotni ham inobatga olgan holda, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini qayta baholashdan o‘tkazdi.
Agentlik 2023 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston YaIM 90,8 mlrd dollarni tashkil etganini bildirgan edi. Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni ham qo‘shgan holda amalga oshirilgan qayta baholash natijalariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 10,7 mlrd dollarga oshib, 101,6 mlrd dollarni tashkil etgan.
Tadqiqot natijalari 31 iyul kuni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazidagi anjumanda ma’lum qilindi.
Tadbirda qatnashgan Xalqaro valuta jamg‘armasining real sektor statistikasi bo‘yicha mutaxassisi Levan Gogoberishviliga ko‘ra, norasmiy iqtisodiyotni hisobga olgan holda milliy hisoblarni qayta ko‘rib chiqish – statistik ma’lumotlarning to‘liqligini ta’minlash va iqtisodiyotning holati haqida aniqroq tasavvurga ega bo‘lish imkonini beradi.
Gogoberishvilining aytishicha, O‘zbekistonning milliy statistik ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2019 yilda o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqish natijasida asosiy o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligi ma’lumotlariga tegishli bo‘lgan. 2024 yildagi qayta ko‘rib chiqish davomida esa raqamlardagi asosiy o‘zgarishlar qurilish, mehmonxonalar va restoranlar, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqalarda qayd etilgan.
XVJ vakiliga ko‘ra, qayta baholash natijasida nominal YaIM darajasi taxminan 10-12 foizga oshadi. Shu bilan birga, real YaIM o‘sish sur’atining maksimal o‘zgarishi taxminan 0,8 foiz punktgacha bo‘ladi.
Qayta baholash qanday o‘tkazilgan?
Norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash tanlanma statistik kuzatuvlar va ma’muriy ma’lumotlar asosida amalga oshirilgan.
Tadqiqot respublika bo‘yicha 14 ta hududda olib borilgan. Xususan, 2023 yilning iyul-avgust oylarida Xalqaro valuta jamg‘armasi texnik ko‘mak missiyasi jalb etilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida jami 165 ta tuman bo‘yicha 7 mingdan ziyod uy xo‘jaliklarining yashash va ovqatlanish, transport, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa xizmatlariga xarajatlari so‘rovnoma asosida o‘rganilgan.
Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida norasmiy va yashirin iqtisodiyotning hajmi va uning YaIMga ta’siri sohalar va hududlar bo‘yicha 2017-2023 yillar uchun baholangan.
Amalga oshirilgan hisob-kitoblar natijasida, 2023 yilda O‘zbekiston Respublikasining nominal YaIM hajmi 125,6 trillion so‘m (10,7 milliard dollar)ga oshib, 1 kvadrillion 192,2 trillion so‘m (101,6 milliard dollar)ni tashkil etgan.
Tadqiqot natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot 6 avgust kuni AOKAda o‘tadigan matbuot anjumanida e’lon qilinadi.
Milliy statistik ko‘rsatkichlarning navbatdagi umumiy qayta ko‘rib chiqilishi 2029 yilga mo‘ljal qilingan.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Yevroittifoq bilan savdo bitimi tuzilganini e’lon qildi
Jahon | 00:48
-
Dunyoda elektromobillar savdosi oshmoqda
Avto | 00:26
-
Germaniya janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdi izidan chiqib ketdi
Jahon | 00:00
-
Tojikistonda 10ta yangi tarixiy-madaniy meros yodgorliklari topildi
Jahon | 23:31 / 27.07.2025
Mavzuga oid

09:21 / 23.07.2025
Elektromobillar savdosining eng katta o‘sishi qaysi hududda qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

15:11 / 21.07.2025
O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar soni 5,5 milliondan oshdi

15:33 / 18.07.2025
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi

08:25 / 17.07.2025