O‘zbekiston | 08:25 / 17.07.2025
2767
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda istiqomat qiladi

Mamlakat aholisining 19,3 million nafari shahar joylarda istiqomat qilsa, 18,6 million nafari qishloqlarda yashaydi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonning doimiy aholisi 38 million kishiga yaqinlashdi.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 iyul holatiga O‘zbekistonda doimiy aholi 37 859 698 kishini tashkil etmoqda.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 2 foizga oshgan.

Shundan 18,8 million nafari ayollar, 19,1 million nafari esa erkaklardir. Mamlakat aholisining 19,3 million nafari shahar joylarda istiqomat qilsa, 18,6 million nafari qishloqlarda yashaydi.

Mavzuga oid