Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahachqal’a shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochiladi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya amaliy safar bilan Rossiyaning Dog‘iston Respublikasida bo‘ldi.

Foto: Dunyo
"Dunyo" xabariga ko‘ra, mamlakat delegatsiyasi a’zolari Derbent shahriga tashrifi davomida shahar ma’muriyati rahbari Ahmad Kuliyev bilan uchrashdi. Suhbat davomida ushbu shahar Kaspiy dengizi bo‘yida joylashganligi va o‘zining tarixiy obidalari bilan mashhurligi, 2023 yil davomida Derbent shahriga 700 mingdan ortiq sayyoh tashrif buyurgani ma’lum qilindi.
Buxoro viloyati delegatsiyasi, shuningdek, Derbent shahridagi bir qator korxonalarda bo‘ldi va ularning rahbarlari bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.
Mahachqal’a shahriga tashrif davomida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Dog‘iston hukumati rahbari Abdulmuslim Abdulmuslimov boshchiligidagi hukumat a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy-madaniy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.
Muzokaralar natijasida hududlararo hamkorlikni rivojlantirishga doir chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, Mahachqal’a shahrida O‘zbekiston savdo uyini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Shuningdek, tomonlar turizm xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha ilg‘or tajriba va sohadagi tashkilotlar o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish, sayyohlar almashinuvini qo‘llab-quvvatlash xususida fikr almashdilar.
Uchrashuv natijasida Buxoro viloyati Turizm boshqarmasi va Dog‘iston Respublikasi Turizm vazirligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Shundan so‘ng, Buxoro viloyati va Dog‘iston Respublikasi ishbilarmon doiralari vakillari o‘rtasida alohida uchrashuv tashkil etildi. Unda Buxoro viloyatiga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, sanoat va savdo kooperatsiyasi masalalarida hamkorlik qilish va boshqalar to‘g‘risida ahdlashib olindi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozonda qurol «qaynadi», Trampning ohangi o‘zgardi – hafta dayjesti
Jahon | 16:06
-
FT: Pentagon Tayvan masalasida Avstraliya va Yaponiyaga bosim o‘tkazmoqda
Jahon | 15:50
-
Farg‘onada tanishini urib ketgan haydovchi qasddan odam o‘ldirishda ayblanmoqda
O‘zbekiston | 15:48
-
Eron prezidenti Isroilning iyun oyidagi hujumida yaralangan - Fars
Jahon | 15:28
Mavzuga oid

08:22 / 08.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi

09:46 / 02.07.2025
O‘zbekiston Qirg‘iziston va Xitoy orqali Mo‘g‘ulistonga yangi savdo yo‘lini ochmoqda

11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi

14:34 / 20.05.2025