Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hosil yig‘ishtirish zavqi: tarvuz paykalidan reportaj
Qovun yo tarvuzni paykal ichiga kirib uzib olib chiqishning gashti o‘zgacha. Dala bo‘ylab isi taralib turgan tarvuzpoyaga kirib, o‘sha yerning o‘zida yoz ne’matidan tatib ko‘rishga nima yetsin?

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani, Yakkatut qishlog‘i dalalarida mashinaga tarvuz ortayotgan ayolni uchratdik. Dehqon ayol erkaklar bilan tengma-teng ishlardi.
U bilan suhbatlashganimizda Namanganning Chust tumani Olmos qishlog‘idan oilaviy kelib tarvuz yetishtirishayotgani, bu butun respublika bo‘ylab hosildorlik mo‘l bo‘lgani uchun narx o‘tgan yillarga qaraganda ancha pastlagani haqida so‘zlab berdi:

“7-8 yildan beri Chust tumanidan Toshloqqa kelib tarvuz ekamiz, shunga yarasha daromadimiz ham yaxshi. 10 gektar yerga tarvuz ekkanmiz. Bu yil tarvuzlar hosili yaxshi, arzonchilik bo‘lyapti. Avvallari bozorga tushgan xaridor 2 dona tarvuz sotib oladigan bo‘lsa, hozirda 10 donalab olib ketishyapti, xalq ham, biz ham baraka topyapmiz.
Ayol kishi uchun dehqonchilik qiyin kasb, lekin biz yoshlikdan mehnat ichida ulg‘aydik. Paykallar ichida esimizni tanidik. Shuning uchun bo‘lsa kerak dehqonchilikning noni shirin. Biz bu hisni yoshlikdan tuyganmiz.
Bir mavsumda 300 mln so‘mgacha daromad qilamiz, hosil bir yil undoq, bir yil bundoq bo‘ladi. Oson ishning o‘zi yo‘q, barcha kasbda ham mehnat qilish kerak.
Tarvuz tanlashga kelsak, asosan to‘ni kengaygan tarvuz mazali bo‘ladi. Tanlashda shu holatga e’tibor berish kerak”, deydi dehqon Klara Mamajonova.
«Bu yil tarvuz ancha arzon bo‘ldi, xalqqa yetkazyapmiz, nolimaymiz. O‘tgan yili kilosini paykalning o‘zida 1 500 so‘mdan, bu yil esa 600-700 so‘mdan sotyapmiz. Ichki bozor, Rossiya, Qirg‘iziston tomonlarga ham chiqaryapmiz.
Tarvuzlarni kechqurun uzib qo‘yamiz, boshqa payt uzilsa, palagi o‘ladi”, deydi dehqonlardan biri Abdurahim Abdurahmonov.
Sarvar Ziyoyev, Kun.uz
Montaj ustasi: Sardor Mamirov
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
"Toshshahartransxizmat"ning 7,5 yilga qamalgan sobiq rahbari yarim yil o‘tib ozodlikka chiqdi
O‘zbekiston | 12:58
-
Chirchiq daryosida qum-shag‘alni noqonuniy qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Jamiyat | 12:28
-
NYT: Trampning boingini ta’mirlashga yadroviy kuchlar dasturidan to‘langan
Jahon | 12:13
-
Tailand va Kambodja to‘rt kunlik urushdan so‘ng muzokaralarni boshlashga kelishib oldi
Jahon | 12:03
Mavzuga oid

17:57 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?

16:07 / 24.02.2025
Toshli tuman - Toshloqdan reportaj

16:22 / 11.02.2025
“Tog‘am bosmachi emas, qahramon edi” - Madaminbekning 102 yoshli jiyani Odiljon ota

18:05 / 27.11.2024