Tadbirkorlar jamoat joylari va ijtimoiy obektlarda sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etadi
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.

Foto: Kun.uz
“Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan jamoat joylari, ijtimoiy obektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Prezidentning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni bilan 2024 yil 1 maydan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga jamoat joylari, ijtimoiy obektlar va aholi punktlarining belgilangan joylarida sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish huquqi berilgan.
Sanitariya-gigiyena shoxobchalari tashkil etiladigan joylarni tadbirkorlik sub’yektlariga biriktirish elektron auksion savdolari orqali amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Ye-auksion elektron savdo platformasida elektron savdo maydonchasi orqali tanlov o‘tkazadilar va elektron tanlov g‘olibi bilan sanitariya-gigiyena shoxobchalarni tashkil etish bo‘yicha shartnoma tuzadilar.
Bunda:
- tuman (shahar) hokimligi tomonidan jamoat sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilishi mumkin bo‘lgan joylarning dislokatsiyasini hamda mazkur hududdagi infratuzilma obektlari va aholi harakati gavjumligi darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Ye-auksion tizimidagi alohida veb-sahifada e’lon qilib boriladi;
- elektron auksion savdolariga qo‘yish uchun sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlang‘ich narxi) Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan aniqlanadi;
- elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylar ijara va mulk huquqi asosida ajratiladi.
Elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari sanitariya-gigiyena shoxobchalarini Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq mezon va talablar asosida tashkil etadi.
Bunda, sanitariya-gigiyena shoxobchalarda, majburiy tartibda bolalar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning shoxobchaga qiyinchiliksiz kirib-chiqishi va ular uchun alohida sanitar-texnik uskunalar bilan jihozlangan kabinalar tashkil etish talab etiladi.
Belgilanishicha, sanitariya-gigiyena shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni:
- mulk huquqi yoki ijaraga berishdan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi va ushbu mablag‘larning 10 foizi mahalliy budjetga hamda 90 foizi hududlarda tozalikni ta’minlash, ko‘kalamzorlashtirish va chiqindilar bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun Ekologiya jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
- ijara to‘lovi miqdori to‘lov amalga oshiriladigan vaqtdagi bazaviy hisoblash miqdorining hajmidan kelib chiqib (shartnomaga o‘zgartirish kiritilmasdan) hisoblanadi;
- sanitariya-gigiyena shoxobchalarini obodonlashtirish to‘g‘risidagi talablarni bajarmagan va kamchiliklarni bartaraf etmagan tadbirkorlik sub’yektlari bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilinadi.
Tavsiya etamiz
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Argentinada rossiyalik josuslar tarmog‘i fosh qilindi
Jahon | 02:44
-
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi
Jahon | 01:25
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
Mavzuga oid

17:22 / 07.05.2025
«Toza qo‘llar» dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi

13:43 / 09.01.2025
2025 yil 1 maydan boshlab “Toza qo‘llar” dasturi amalga oshiriladi

18:15 / 11.09.2024
Yana 50 ming gektar yer kambag‘al oilalarga bo‘lib beriladi

17:18 / 07.09.2024