Qamchiq dovonida beton to‘siqqa urilgan yuk mashinasi yonib ketdi
Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlanayotgan Isuzu haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda yuk mashinasi beton to‘siqqa urilgan va unda yong‘in kelib chiqqan.

Foto: “Qamchiqavtoyo‘l”
Qamchiq dovonida yuk mashinasi yonib ketdi. Bu haqda “Qamchiqavtoyo‘l” matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 2024 yil 14 iyul kuni soat 18:00da Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh avtomobil yo‘lining 258,5 kilometrida sodir bo‘lgan. Toshkent-Vodiy yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Isuzu yuk mashinasi haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida yo‘l o‘rtasidagi temir to‘siqqa urilgan. YTHdan so‘ng yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan.
FVB o‘t o‘chiruvchilar bo‘linmasi tomonidan yong‘in o‘chirilgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda dovonda avtotransport vositalari ikki tomonlama xavfsiz harakatlanmoqda.
Oldinroq dovonda IVECO yuk mashinasi ham YPX maskanidagi beton to‘siqqa urilib, yonib ketgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
Mavzuga oid

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

13:46 / 10.06.2025
Amirsoy hududidagi restoran yonib ketdi

10:53 / 10.06.2025
Toshkentda buzilayotgan eski binoda yong‘in sodir bo‘ldi

08:16 / 07.06.2025