Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urganch aeroportidan yo‘lovchilarning Nukusga transferi uchun bepul avtobus qo‘yiladi
Bu 20 iyuldan 7 avgustgacha ta’mirlash ishlari sabab yopiladigan Urganch xalqaro aeroportidan rejalashtirilgan aviaqatnovlarning bir qismi Nukus aeroportiga ko‘chirilishi bilan bog‘liq.

Foto: Kun.uz
Shu yil 20 iyuldan 7 avgustgacha Urganch xalqaro aeroporti yopiladi. Transport vazirligining xabar berishicha, bu vaqtda aeroport rekonstruksiya qilinadi, shu sababli vaqtincha yopiladi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Urganchdan rejalashtirgan aviaqatnovlarining bir qismi Nukus xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi. Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Uzbekistan Airports” tomonidan Urganch va Nukus aeroportlari o‘rtasida avtobus qatnovi tashkil etilmoqda.
Vazirlikning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, yo‘lovchilar aeroport tashqarisida kutib olinadi, avtobuslar “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi qatnovi uchun chiptasi borlarga bepul xizmat qiladi.
Qatnov jadvali bilan kompaniya saytida batafsil tanishish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumot olish va avtobuslar jadvaliga aniqlik kiritish uchun O‘zbekiston aeroportlari aloqa markaziga murojaat qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Urganch xalqaro aeroporti yopilishi haqida iyun oyining oxirida xabar berilgandi. Unga ko‘ra, ta’mirlash jarayonida uzunligi 3000 m va eni 16 m bo‘lgan uchish-qo‘nish yo‘lagi yuzasini butunlay almashtirish va mustahkamlash rejalashtirilgan. Shuningdek, ikkinchi va uchinchi yurish yo‘laklari kapital ta’mirlanadi.
Ta’mirlash ishlari yakunlangach, aeroport Boeing 787 va Airbus A330 kabi keng fyuzelyajli samolyotlarni cheklovlarsiz qabul qila olishi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Urganch shahridagi uchish-qo‘nish yo‘lagini kapital rekonstruksiya qilish oxirgi marta 1997 yilda, shikastlangan qismlarini qisman ta’mirlash esa 2018 yilda amalga oshirilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Angren voqeasi: pedofiliya qurboni bo‘lgan o‘smir qiz qonun himoyachilariga yana ko‘zgu tutdi
Jamiyat | 20:44
-
O‘zbekistonda avgust oyida qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?
O‘zbekiston | 20:40
-
Sherali Jo‘rayev nomidagi musiqa va san’at oliy maktabi tashkil etiladi
O‘zbekiston | 20:38
-
Toshkent viloyatida qizining nomusiga tekkan ota 12 yilga qamaldi
Jamiyat | 20:35
Mavzuga oid

17:55 / 23.06.2025
Toshkent aeroportida kapsula mehmonxona ochildi

21:35 / 09.06.2025
Toshkent xalqaro aeroportida elektr ta’minoti yarim soatga uzilib qoldi

17:26 / 05.06.2025
O‘zbekiston aeroportlarida unutib qoldirilgan yuklar sotilishi aytilgan xabarlar rad etildi

17:48 / 13.05.2025