Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Deputatlarning sirtdan bahsi: ulardan biri o‘lim jazosini tiklash kerakligiga shama qildi, ikkinchisi javob qaytardi
Alisher Qodirov Toshkent shahrida uch yoshli bola pichoqlab o‘ldirilgani ortidan bu vahshiylikni qilgan odam yashamasligi kerakligi haqidagi fikrlarini bildirdi. Odiljon Tojiyev esa bunga javoban davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘qligini ma’lum qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov O‘zbekistonda o‘lim jazosini tiklash kerakligiga shama qildi. U Toshkent shahrida 3 yoshli bola o‘ldirilgani holatiga munosabat bildirib, bu kabi vahshiylikka borgan odam yashamasligi kerakligini aytgan.
Qodirov soliqlar hisobiga jinoyatchining sog‘ligini saqlab, qornini to‘ydirib, boshqa inson bo‘lib qolishini kutish mantiqsizlik ekanini qo‘shimcha qilgan.
«Jinoyatning hammasi ham jinoyat, lekin murg‘ak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerak.
Kecha yosh bir yigitga 20 marta pichoq urib o‘ldirgan jinoyatchi sudda pushaymonligini aytib, 17 yilga qamaldi. 25 yoshli bu maxluq qamoqdan 42 yoshida jamiyatga kim bo‘lib qaytadi? Hayvonlashib ketgan jinoyatchini soliqlarimiz hisobiga sog‘ligini saqlab, qornini to‘ydirib, boshqa inson bo‘lib qolishini kutib o‘tirish mantiqsiz. Bundaylardan jamiyatni tozalash kerak!
Bolalar va begunoh aholi qirg‘iniga yuzsizlarcha ko‘z yumib, dunyoga insonparvarlikdan dars berayotganlarning insonqarashiga moslashishga majburmizmi? Bu maxluqlar nafaqat bugun, balki kelajakdagi pro-maxluqlarga namuna-ustoz bo‘lib xizmat qilishini unutmaslik kerak», deb yozgan u.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining yana bir o‘rinbosari Odiljon Tojiyev esa maqbul yechimdek ko‘rinadigan ushbu taklifga mutlaqo qo‘shilmasligi, o‘lim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovg‘a qilish kerakligini bildirgan.
«Begunoh go‘dakning umriga zomin bo‘lgan kimsalarning yashashga haqqi yo‘q, deya bildirilgan iddao «o‘lim jazosini tiklash kerak» degandek gap. Bir qarashda adolatli va maqbul yechimdek ko‘rinadigan ushbu taklifga mutlaqo qo‘shilmayman.
Birinchidan, o‘lim jazosi ehtimoliy noxolis o‘tkazilgan tergov yoki noto‘g‘ri chiqarilgan hukm ta’sirida jazolangan begunoh insonning hayoti butunlay yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Tarix tirik guvoh. Sud qarori qanchalik adolatli ko‘rinmasin, yillar o‘tib jinoyatchi aslida umuman boshqa shaxs bo‘lgani aniqlangan keyslar juda ko‘p.
Ikkinchidan, o‘lim jazosi jinoyatchilik darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Jinoyatlardan tiyib turadigan samarali vositalardan biri jazoning shafqatsizligida emas, muqarrarligida namoyon bo‘ladi. Qolaversa, o‘zga bir insonning umriga nuqta qo‘yishga sababchi bo‘lgan qotilga o‘lim jazosini bersak, o‘sha vahshiy kimsadan farqimiz qolmaydi», deya ta’kidlagan Odiljon Tojiyev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yashash tabiiy huquq bo‘lib, davlat o‘zi bermagan hayotni olishga haqqi yo‘q.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda o‘lim jozosi prezidentning 2005 yil 1 avgustdagi farmoni bilan 2008 yilning 1 yanvaridan jinoiy jazo turi sifatida bekor qilingan va uning o‘rniga umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi joriy etilgan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
🔴 LIVE: Tramp Ukrainadagi urushda burilish qilmoqchimi? | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 11:30
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
Mavzuga oid

22:15 / 10.07.2025
Xitoyda Shinjon-Uyg‘ur avtonomiyasi amaldori o‘limga hukm qilindi

16:22 / 10.07.2025
Alisher Qodirov ishlab chiqarilganiga 25-30 yildan oshgan mashinalarni iste’moldan chiqarishga chaqirdi

15:42 / 27.06.2025
Yaponiyada «tvitter-killer» qatl etildi

19:01 / 01.06.2025