Urganch davlat universiteti dekani pora bilan ushlandi
U yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishini aytib, abituriyentdan 2 600 dollar va 2,5 mln so‘m olganda qo‘lga tushgan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Xorazm viloyatida ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan dekan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Xiva shahar bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Urganch davlat universiteti dekani S.K. yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida ushbu universitetda o‘tkaziladigan ijodiy (kasbiy) imtihondan o‘tishiga amaliy yordam berishi evaziga fuqaro Z.O‘. dan 2 600 AQSh dollari va 2,5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Oldinroq fuqaroni 4 ming AQSh dollari evaziga O‘zbek milliy musiqa san’ati institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan Urganch ixtisoslashtirilgan san’at maktabi bo‘limi boshlig‘i hamda Yangibozor tumanida 3 ming dollar evaziga IIV akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid

16:39 / 18.03.2025
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

19:19 / 14.03.2025
Toshkentda popkorn sotuvchilarini “panohiga olgan” profilaktika inspektori pora olganlikda ayblandi

10:57 / 03.03.2025
“Pora emas, rahmat sifatida bergandi” – Toshkentda pora olgan IIB tergovchisi qamaldi

00:41 / 27.01.2025