Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada «Rosatom»ning AES qurilishi uchun pullari xatlovga olindi
Rossiyaning «Rosatom» korporatsiyasi eng yirik Rossiya-Turkiya investitsion loyihasi - «Aqquyu» AESini qurish uchun o‘tkazib bergan pullar xatlovga olingan, degan korporatsiya rahbari Aleksey Lixachyov «Rossiya 1» telekanaliga bergan intervyusida.

«Aqquyu» atom elektr stansiyasi. Foto: TRT Haber
«O‘zaro hisob-kitob tizimi zarba ostida. Ular pullarni xatlovga olib, muzlatib qo‘yishmoqda», — deya shikoyat qilgan Lixachyov «Moskva. Kreml. Putin» dasturi efirida.
Top-menejerning so‘zlariga ko‘ra, pullarning xatlovga olinishiga «Rosatom» bilan bilan ishlovchi «yuridik shaxslar va banklar o‘rtasida zir qatnab yurgan amerikaliklar» sababchi.
Turkiyada 25 mlrd dollarga baholangan va to‘liq Rossiya tomonidan moliyalashtiriladigan AES loyihasini amalga oshirishga sanksiyalar xalaqit bermoqda, degan Lixachyov. Garchi «Rosatom»ning o‘zi g‘arb davlatlarining cheklov choralari ostiga tushmagan bo‘lsa-da, uning bir nechta shu’ba korxonalari sanksiya ro‘yxatlariga kiritilgan. Ularning orasida yadroviy qurilmalarni montaj texnologiyasini ishlab chiquvchi «Atomstroy» AJ va uranni boyitish uchun sentrifugalar ishlab chiqaruvchi «Tochmash» ishlab chiqarish birlashmasi bor.
Lixachyovning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar va qiyinchiliklarga qaramasdan, «Rosatom» Turkiyada ilk ishga tushiriladigan va rejaga ko‘ra 12 mln iste’molchini tok bilan ta’minlaydigan AES qurilishini davom ettiradi.
Turkiya va Rossiya o‘rtasida «Aqquyu» AESini qurish va foydalanishga topshirish bo‘yicha hukumatlararo bitim 2010 yilda imzolangan edi. O‘tgan yili to‘rtta energoblokdan birinchisining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. AES to‘liq ishga tushirilgach, loyihaviy quvvat Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan talabining 10 foizini qondiradi. AESning fizik ishga tushirilishi joriy yilga mo‘ljallangan.
Moskva ushbu loyihani o‘zining «suveren fondlari» evaziga moliyalashtirmoqda, degan edi Vladimir Putin iyun oyida o‘tgan fan va ta’lim bo‘yicha kengash yig‘ilishida. «Bularning barchasi Rossiya hisobidan», — degan edi Putin, bunday darajadagi davlat moliyalashtirishi «iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi»ga urg‘u berib.
«Aqquyu»dan tashqari Turkiya hokimiyati yana uchta AES qurmoqchi, shuningdek, kichik modul reaktorlarni xarid qilmoqchi. «Rosatom»dan tashqari Turkiya energetika vazirligi amerikalik pudratchilar, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya kompaniyalari bilan muzokaralar olib bormoqda, deya xabar bergan Reuters vazirlikning yuqori martabali mulozimiga asoslanib.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Senatning yangi tizimga e’tirozi, 103 xizmatida yangilik, hokimlarga yangi o‘rinbosar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
Rossiya va Ukrainaning Istanbuldagi uchinchi muzokaralari yakunlandi
Jahon | 00:02
-
AQSh Olimpiya qo‘mitasi transgenderlarga ayollar musobaqalarida ishtirok etishini taqiqladi
Sport | 23:22 / 23.07.2025
-
Surxon davlat qo‘riqxonasida yirik yong‘in boshlandi
Jamiyat | 23:11 / 23.07.2025
Mavzuga oid

18:52 / 23.07.2025
Suriya Turkiyadan mudofaa salohiyatini mustahkamlashda yordam so‘radi

13:00 / 22.07.2025
Erdo‘g‘an Turkiyaning YeIga integratsiyasini tezlashtirishni talab qildi

18:32 / 21.07.2025
Turkiyaning ayrim hududlarida vabo qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar topildi

10:24 / 18.07.2025