Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hoqon Fidan: Isroil tinchlikni istamaydi, Isroil barqarorlikni xohlamaydi
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi nafaqat G‘azo xalqini, balki insoniy qadr-qimmatni ham e’tiborsiz qoldirdi - Turkiya tashqi ishlar vaziri.

Foto: AP
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan BMT Xavfsizlik kengashining G‘azodagi gumanitar vaziyat muhokama qilingan favqulodda yig‘ilishida nutq so‘zladi.
Fidan o‘z nutqida: «Isroil tinchlikni istamaydi. Isroil barqarorlikni xohlamaydi» dedi.
Isroilning Falastin xalqiga qarshi genotsidining ayni damda ham uzluksiz davom etayotganiga e’tibor qaratgan Fidan, G‘azo sektorida 2 milliondan ortiq aholining ta’riflab bo‘lmas azob-uqubatlar, ommaviy ko‘chirilish va keng ko‘lamli vayronagarchiliklarga duchor bo‘layotganini qayd etdi.
Turkiya tashqi ishlar vaziri har kuni insonparvarlik yordamlari ataylab to‘sib qo‘yilayotganini, yordam tarqatish punktlarida tinch aholi oziq-ovqat va suv olishga urinayotganda o‘ldirilayotganini eslatdi.
Hoqon Fidan o‘z chiqishini quyidagi so‘zlar bilan davom ettirdi: «Ochlikdan urush quroli sifatida foydalanilmoqda. Isroil xalqaro gumanitar huquqning barcha tamoyillarini buzmoqda. Bu haqda ochiq gapiraylik. To‘g‘risini aytaylik. 80 yildan keyin dunyo yana bir bor konslagerlar barpo etilganiga guvoh bo‘lmoqda. Butun bir xalqqa qarshi qirg‘in kampaniyasi olib borilmoqda».
Isroil urush mashinasining oilalari uchun suv olishga harakat qilayotgan bolalarga yoki farzandlari uchun oziq-ovqat izlayotgan onalarga hujum qilishda davom etganiga e’tibor qaratgan Fidan: «Bu nafrat bilan oziqlanadigan mashina. Bu jazosizlik bilan oziqlanadigan mashina va ba’zi doiralarning so‘zsiz yordami bilan oziqlanadigan mashina», dedi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ba’zi odamlar haddan tashqari azob-uqubatlarga qaramay, sodir bo‘layotgan voqealarga e’tibor bermaslikni afzal ko‘rganligi sababli yuz berdi. «Bu davom etishi mumkin emas», dedi u.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Salkam 4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan qurilish ombori aniqlandi
Jamiyat | 13:38
-
Rossiyada maktab chatlarini Max davlat messenjeriga o‘tkazish sinovdan o‘tkazilyapti
Jahon | 13:21
-
Toshkentda hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 59 ta uy-joy qurilishi to‘xtatildi
Ko‘chmas mulk | 13:15
-
Suriyada Asad hokimiyatdan ag‘darilganidan keyin birinchi saylovlar o‘tkaziladi
Jahon | 13:12
Mavzuga oid

09:37
G‘azoning ayrim hududlarida harbiy harakatlar har kuni 10 soatga to‘xtatiladi

21:32 / 27.07.2025
Britaniya tashqi ishlar vaziri G‘azoda gumanitar tanaffus e’lon qilinishini “kech tashlangan qadam” deb atadi

19:23 / 27.07.2025
Turkiyaning Shonliurfa shahrida harorat rekord darajaga yetdi

14:03 / 27.07.2025