Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elektr uchun to‘lovlar hisobga ikki barobar bo‘lib tushayotgani texnik nosozlik bo‘lib chiqdi
Tez orada nosozlik bartaraf etilishi ma’lum qilindi.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
Elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani bilan bog‘liq holat texnik nosozlik ekani ma’lum bo‘ldi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
«Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lovlarda hisobga ikki barobar pul hisoblanayotgani to‘g‘risida xabar tarqalmoqda.
Ayni paytda to‘lov tizimlari bilan bog‘liq texnik nosozlik kuzatilganligi sabab, to‘lov amalga oshirilganda iste’molchi balansida to‘lov qoldig‘i ko‘proq ko‘rsatilishi kuzatilmoqda. Ayni paytda billing tizimi orqali elektr energiyasi uchun to‘lovlar xatoliksiz qabul qilinmoqda hamda balans qoldiqlari to‘g‘ri shakllantirilmoqda.
Tez fursatlarda nosozliklar bartaraf etilishini ma’lum qilamiz.
Iste’molchilardan elektr energiyasi hisobi ko‘rsatkichlari to‘g‘risida aniq va to‘g‘ri ma’lumotlarni «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning rasmiy veb-saytidaga Shaxsiy kabinet orqali olishlarini tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Medvedevning so‘zlaridan keyin ikkita yadroviy suv osti kemasini yuborishni buyurdi
Jahon | 23:12
-
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00
-
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24
-
Frontdagi vaziyat: Pokrovsk shturm qilinmoqda, Rossiya butun Donbassni egallamoqchi
Jahon | 22:07
Mavzuga oid

10:25 / 02.07.2024
Svet narxi «cho‘ntaklarga zarba» bera boshladi: nima qilmoq kerak?

12:53 / 19.09.2017