Dunyoni hayratlantirayotgan Xitoy. Yangi avtomobil yo‘li 10 ta rekordni yangiladi
Xitoyda foydalanishga topshirilgan yangi avtomobil yo‘li o‘nta dunyo rekordini yangiladi. Bu yo‘l Shenchjyen va Chjunshan shaharlarini bog‘laydi. Avval bu ikki shahar orasidagi masofani bosib o‘tish uchun ikki soat vaqt sarflangan bo‘lsa, endi manzilga 30 daqiqada yetib olish mumkin. Yo‘lning 6,8 kilometri tunnel va 17,2 kilometri suv ustida qurilgan ko‘prikdan iborat.

So‘nggi 20 yilda Xitoy qurilish sohasida juda katta yutuqlarga erishdi. Ayniqsa tezyurar poyezd va avtomobil yo‘llari qurilishida ulkan natijalarga erishdi.
Bugun Xitoyda avtomobil yo‘llari o‘tgan 300 mingta ko‘prik bor. Ularning mingdan oshig‘i 1 kilometrdan uzun. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo‘llari bo‘yicha Xitoy AQSh va Hindistondan keyingi uchinchi o‘rinda turadi.
Tez harakatlansa bo‘ladigan yo‘llar bo‘yicha esa Xitoy dunyoda mutlaq yetakchi. Bunday tezkor yo‘llarning asosiy qismi so‘nggi yigirma yilda qurildi. Bu borada xitoyliklar “yangi Amerika kashf etishmadi”.
Shunchaki hukumat iqtisodiyotning o‘sishi hisobiga yo‘llarda yuk tashish hajmi oshayotgani, avtosanoat rivojlanib, yo‘llarda mashinalar ko‘payganini inobatga olib yo‘llar qurdi.
Bundan bir necha kun oldin Xitoyda tez harakatlanish mumkin bo‘lgan yana bir avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu yo‘l dunyodagi 10 ta rekordni yangiladi.
Qariyb 7 milliard dollar sarflangan ushbu loyiha qurilishi 2017 yilda boshlangandi. Shu tariqa, 6,8 km uzunlikdagi tunnel va 17,2 km uzunlikdagi ikkita ko‘prik Shenchjyen va Chjunshan shaharlarini eng qisqa yo‘l orqali bog‘ladi.
Yo‘ldan tashqari yana ikkita sun’iy orol va so‘nggi innovatsiya loyihalari asosida dunyodagi birinchi avtomobil yo‘lini aeroport bog‘lovchi suvosti tuguni qurildi.
Natijada endi ikkita yirik iqtisodiy markaz orasidagi yo‘lni to‘rt barobar tezroq — atigi 30 daqiqada bosib o‘tish mumkin.
Ikki shaharni bog‘lovchi yangi avtomobil yo‘li ular joylashgan Guandun provinsiyasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta foyda keltirishi aytilmoqda.

Mazkur yo‘lni qurib, Xitoy o‘zining innovatsion yondashuvi bilan jahonni yana bir bor lol qoldirdi. Xitoylik quruvchilar juda murakkab loyihani amalga oshirdi va ko‘prik hamda tunnel qurish bo‘yicha dunyoda eng ilg‘or ekanini isbotladi.
Loyihani amalga oshirishda xavfsizlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratilgan. Jumladan, tunnel qurilishida yong‘in o‘chirish va tutunni yo‘qotishning innovatsion tizimlari joriy etilgan.
Yangi yo‘l bu yerda yashovchi odamlarning uzog‘ini ancha yengil qilishdan tashqari, hududning iqtisodiy rivojlanishi uchun muhim hissa qo‘shishi aytilmoqda.

Sinxua agentligining xabar berishicha, yangi avtomobil yo‘li qurilishi jarayonida xitoylik mutaxassislar quyidagi jahon rekordlarini o‘rnatgan:
- Dengiz uzra o‘tkazilgan po‘lat qutisimon to‘sinlarga ega osma ko‘prikning eng katta oralig‘i (1 666 m);
- Eng baland dengiz palubasi (91 m);
- Dengiz ko‘prigi uchun eng baland navigatsiya oralig‘i;
- Dengiz osma ko‘prigining eng katta ankeri (344 000 m3);
- Dengiz ko‘prigining shamolga chidamlilik bo‘yicha eng yuqori sinov tezligi (83,7 m/s);
- Qaynoq epoksid asafaltbetonli qorishma yotqizilgan po‘latdan yasalgan eng katta ko‘prik yuzasi (378 800 m²);
- Qoqilgan quvurlardan tayyorlangan eng uzun ikki tomonlama sakkiz polosali tunnel (5 035 m);
- Po‘lat betoni va qobiqdan barpo etilgan eng keng suvosti quvursimon tunneli ( 55,6 m);
- Yerga qoqilgan quvurning po‘lat qobig‘i ichiga eng katta bir vaqtda quyilgan o‘zi zichlanadigan beton (29 000 m3);
- Cho‘ktirilgan quvur bilan tunnelning oxirgi birikish joyida foydalanilgan ko‘p marta buklanadigan eng katta M-simon gidroizolyatsiya (3 m).

Ma’lumot uchun, dunyodagi eng uzun o‘nta ko‘prikning yettitasi Xitoyda qurilgan.
Danyan-Kunshan ko‘prigi. Asosiy qismi dengiz ustidan o‘tgan bu ko‘prik 2010 yilda qurib bitkazilgan bo‘lib, u Shanxay va Nankin shaharlarini o‘zaro bog‘laydi. Ko‘prikning umumiy uzunligi 165 km bo‘lib, u dunyodagi eng uzun ko‘prik sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan.
Chjanxua-Gaosyun ko‘prigi. Bu ko‘prik ham dengiz ustidan o‘tgan bo‘lib, u Baguachjan va Gaosyun shaharlarini o‘zaro bog‘laydi. Ko‘prikning uzunligi 157 km bo‘lib, u 2007 yilda foydalanishga topshirilgan. Ko‘prikdan poyezdlar ham harakatlanadi va ular bir oyda o‘rtacha 200 mln yo‘lovchi tashiydi.
Tyanszin ko‘prigi. Bu ko‘prik quruqlikda qurilgan bo‘lib, unda asosan poyezdlar harakatlanadi. Ko‘prikning uzunligi 114 km bo‘lib, u Lanfan va Tsinsyan shaharlarini o‘zaro bog‘laydi.

Chandey ko‘prigi. Bu ko‘prik 2010 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, unda asosan tezyurar poyezdlar harakatlanadi. Ko‘prikning uzunligi 106 km bo‘lib, unda poyezdlar soatiga 350-380 km tezlikda harakatlanadi.
Vey daryosi ustidagi ko‘prik. Bu ko‘prik ham 2010 yilda foydalanishga topshirilgan. Uning uzunligi 79,7 km bo‘lib, ko‘prik Chjenchjou va Sian shaharlarini o‘zaro bog‘laydi. Ko‘prik Vey daryosini ikki marta kesib o‘tadi.
Hong Kong-Chjuxay-Makao ko‘prigi. Bu ko‘prik ham dengiz ustida qurilgan bo‘lib, u 2018 yilda foydalanishga topshirilgan. Uzunligi 55 km bo‘lgan bu ko‘prikdagi 6 qatorli yo‘lda avtomobillar harakatlanadi. Ko‘prik Hong Kong-Chjuxay-Makao shaharlarini o‘zaro bog‘laydi.

Pekin ko‘prigi. “Pekindagi bahaybat ko‘prik” deb ataluvchi bu ko‘prik 2010 yilda foydalanishga topshirilgan. Uning uzunligi 48 km bo‘lib, u Pekin-Shanxay temiryo‘l liniyasining bir qismi hisoblanadi. Bu shaharlar orasida poyezd har besh minutda qatnaydi va xuddi metro poyezdlariday ishlaydi.
G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy: «Kim Rossiyaga bosim o‘tkazmasa, u sherikdir»
Jahon | 13:16
-
Mehmonxona qurish va jihozlash uchun subsidiya muddati uzaytirildi
O‘zbekiston | 13:15
-
🔴LIVE: Putinning qasos va’dasi va Tramp–Mask nizosi | “Geosiyosat” haftaligi
Jahon | 13:11
-
Rossiya banki 2022 yil kuzidan beri birinchi marta asosiy stavkani pasaytirdi
Jahon | 12:28
Mavzuga oid

17:56 / 16.05.2025
Amerikalik ayol sochiga osilib turgan holda rekord o‘rnatdi

00:16 / 06.05.2025
Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025