RF mudofaa vazirligi Donetsk oblastidagi yana ikki qishloq egallanganini e’lon qildi

Foto: RF mudofaa vazirligi
RF mudofaa vazirligining 30 iyun kungi brifingida Rossiya qo‘shini Donetsk oblastidagi ikkita aholi yashash manzilini egallagani haqida xabar qilindi.
Vazirlik bayonotiga ko‘ra, «Markaz» qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Novooleksandrivka posyolkasini, «Janubiy» qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari esa — Spirne posyolkasini nazoratiga olgan.
Ukraina bu bayonot yuzasidan munosabat bildirmadi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabining ertalabki hisobotida Novooleksandrivka uchun janglar davom etayotgani ma’lum qilingan, Spirne haqida eslab o‘tilmagan. RF mudofaa vazirligi brifingidan keyin Ukraina QK bosh shtabi Spirne hududida janglar davom etayotgani haqida xabar berdi, shu bilan birga shtab hisobotida Novooleksandrivka tilga olinmagan.
Ukrainlarning mamlakat mudofaa vazirligiga yaqin hisoblangan DeepState OSINT-proyekti keltirgan xaritalarga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Novooleksandrivkani egallagan.
Shu bilan birga, xaritada Spirnening bir qismi ukrain qo‘shini tomonidan nazorat qilayotgani ko‘rsatilgan.
Novooleksandrivka Donetsk oblasti Pokrovsk rayonida, Spirne — Baxmut rayoni Soledar shahar okrugi hududida joylashgan.
Mavzuga oid

18:03
Kanada Rossiyaning ulkan «Ruslan» samolyotini musodara qiladi

15:40
Yevropa Ittifoqi Putinga Ukrainaga harbiy yordamni ikki baravar oshirish bilan tahdid qildi

13:37
Reuters: G‘arb Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishni muhokama qilmoqda

21:14 / 05.05.2025