“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimi chiqindi suvni haydaydigan quvurga tushib zaharlandi
Ishchilarning biri halok bo‘lgan, ikki nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.

Foto: Kommersant’
“Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch ishchisi chiqindi suvlarni shahardan tashqariga haydaydigan quvurni tozalash uchun tushib, zaharlangan. Kun.uz manbasining xabar berishicha, hodisa bugun, 2024 yil 27 iyun kuni tushga yaqin sodir bo‘lgan.
FVB xodimlari ikki nafar ishchini quvurdan chiqishgan va ular shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ularning ahvoli o‘ta og‘irligi aytilmoqda. Bir nafar ishchi halok bo‘lgan.
“O‘zsuvta’minot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning xabar berishicha, “Sirdaryo suv ta’minoti” AJning uch nafar xodimida noma’lum zaharlanish kuzatilgan va ulardan biri vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, soat 10:00 larda Guliston shahrida joylashgan 5-oqova suv haydash nasos stansiyasidan viloyat FVBga tezkor murojaat kelib tushgan. Unda mazkur obektda “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar filialining 3 nafar xodimida noma’lum zaharlanish holati kuzatilgani va ahvoli og‘irlashgani aytilgan.
Qayd etilishicha, xodimlardan biri H.I. vafot etgan. Qolgan ikki nafar xodim Z.B. hamda X.A. viloyat kasalxonasi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Shifokorlar ularning ahvoli o‘ta og‘irligini ma’lum qilgan.
“Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39
-
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali buzib tashlandi
Jahon | 17:34
-
Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi
Jahon | 16:51
Mavzuga oid

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025
«Esingiz borida etagingizni yopib oling» - Turdimov xususiy korxonalar rahbarlarini soliqdan qochmaslikka chaqirdi

17:39 / 28.02.2025
Sirdaryo va Oqoltin tumanlariga yangi hokim tayinlandi

13:45 / 26.02.2025