Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Irrigatsiya institutida «Bitiruvchi-2024» tadbiri o‘tkazildi

2024 yil 22 iyun kuni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universiteti Madaniyat saroyida 2023-2024 o‘quv yilida bakalavriat bosqichini tamomlayotgan bitiruvchi kurs talabalarining “Bitiruvchi-2024” tadbiri o‘tkazildi.
«Respublikamiz Oliy ta’lim tizimida alohida tarixiy voqelik sifatida shuni e’tirof etish kerakki, dunyoning eng nufuzli ta’lim tizimidagi tahliliy agentlik Quacquarelli Symonds (QS) world ranking university 2024 yilda dunyoning eng nufuzli universitetlari reytingini e’lon qildi. Bu reytingda O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari tarixida birinchi bor Top-550 ta dunyoning eng nufuzli universitetlari qatoriga Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti milliy tadqiqot universiteti reyting natijalariga ko‘ra 547-o‘rinni egalladi.
2023-2024 o‘quv yilida universitetni 2020 nafar talaba bitirmoqda shundan, Iqtisodiyot fakultetining 127 nafar bitiruvchilaridan 18 nafari universitetni imtiyozli diplom bilan tamomladi. Bitiruvchilarning 98 nafari (77 foiz) bitiruv oldi amaliyotni o‘tagan tashkilotlarda rasmiy ish faoliyatini boshladi. Bitiruvchilarning 3 nafari xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarning magistratura dasturlariga qabul qilish bo‘yicha taklif olgan, 28 nafari B2 va C1 darajali xorijiy til bilish sertifikatlariga ega», deyiladi universitet matbuot xizmati xabarida.
22 iyun kuni universitetning madaniyat saroyida bitiruvchi talabalar hayotida unutilmas quvonchli va hayajonli daqiqalarga boy bo‘lgan tadbir o‘tkazildi. Madaniyat saroyida “Bitiruvchi - 2024” diplom topshirish marosimiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan.
Zalga rektorat a’zolari, fakultet jamoasi, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ularning ota-onalari va barcha yaqinlari taklif etilgan.
Bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalarini tabriklash uchun TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti rektori, professor Bahodir Suyunovich Mirzayev chiqish qildi.
Shundan so‘ng Iqtisodiyot fakulteti dekani Uchqun Zoirovich Alimov universitet rektori bilan birgalikda yetuklik diplomlari egalariga topshirdi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Estoniya NATO qaroriga muvofiq mudofaa xarajatini oshiradi
Jahon | 11:02
-
Tramp Moldova va yana yetti davlatga bojlar joriy qilmoqda
Jahon | 10:39
-
Rossiya Kiyevga dronlar va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi
Jamiyat | 10:16
Mavzuga oid

19:18 / 22.06.2024
Oliy ta’lim vaziri OTMlardagi forma masalasiga munosabat bildirdi

20:48 / 21.06.2024
“Qizil yo‘lak bilan kutib olishadi deb o‘ylaganman, lekin menga ish yo‘qligini aytishgan” - oliy ta’lim vaziri

18:20 / 20.06.2024
Davlat texnika universitetida mehnat bozorida talab yo‘q mutaxassisliklar qisqartiriladi

19:06 / 24.05.2024