O‘zbekiston | 12:08 / 20.06.2024
3022
1 daqiqa o‘qiladi

Ilmiy ish qilayotganlarga 6 oygacha haq to‘lanadigan ta’til beriladi

Ushbu ta’til berilishi xodimlarning yillik ta’tildan foydalanishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Ilmiy ish qilayotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi va lavozimi saqlangan holda ijodiy ta’tillar beriladi.

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xabariga ko‘ra, ular quyidagi muddatlarga beriladi:

  • falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) ilmiy darajasini olishga doir dissertatsiyani yakunlash uchun hamda darsliklar va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar qo‘lyozmalarining mualliflariga – 3 oygacha;
  • fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasini olishga doir doktorlik dissertatsiyani yakunlash uchun – 6 oygacha.

Ushbu ta’tillarning berilishi xodimlarning yillik ta’tilidan foydalanishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Mavzuga oid