Turkiya Rossiyaga «Krokus»dan keyin yangi teraktning oldini olishga yordam berdi - OAV
Terrorchilar gavjum savdo markaziga hujum qilmoqchi bo‘lgan, biroq Turkiyaning aralashuvi tufayli jinoyatning oldi olingani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters
Turkiya razvedka xizmatlari Rossiyani «Krokus Siti Xoll» konsert zaliga uyushtirilgan hujumdan keyin yana bir terakt tayyorlanayotgani haqida ogohlantirdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi yozdi.
Qayd qilinishicha, terrorchilar gavjum savdo markaziga hujum qilmoqchi bo‘lgan, biroq Turkiyaning aralashuvi tufayli jinoyatning oldi olingan. Bu haqdagi ma’lumot «Krokus»dagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan «Viloyati Xuroson» guruhining qo‘lga olingan besh nafar tarafdoridan olingan.
Gazeta terakt uyushtirilishi rejalashtirilgan savdo markazi nomi va sanasi haqida ma’lumot bermadi.
«Krokus Siti Xoll»ga hujum 22 mart kuni kechqurun «Piknik» rok guruhining konsertidan oldin sodir bo‘ldi. Qurollangan odamlar tomoshabinlarni o‘qqa tutdi. Oqibatda 150 nafarga yaqin odam halok bo‘ldi, 550 nafardan ortig‘i jabrlandi.
Terakt bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi doirasida 20 kishi ushlandi, ulardan 18 nafari hibsga olindi, jumladan, hujumning bevosita ishtirokchilari ekani aytilayotgan Tojikiston fuqarolari Dalerjon Mirzoyev, Shamsiddin Fariduni, Muhammadsobir Fayzov va Saidakrami Rajabalizoda. Ulardan ikki nafari teraktdan sal avval Turkiyada bo‘lgan.
Rossiyadagi voqealardan keyin Turkiyada IShID tarafdorlariga qarshi bir qancha amaliyotlar o‘tkazildi. 2023 yil iyunidan 2024 yil martigacha, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada IShIDga aloqador deyarli 3 ming kishi aniqlangan.
Mavzuga oid

17:24
Rossiyada og‘ir kasallikka chalingan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

23:28 / 10.03.2025
Rossiyadan ko‘chmas mulk xarid qilayotgan o‘zbekistonliklar soni oshdi

13:48 / 10.03.2025