“O‘zbekinvest” kompaniyasi “Lloyd’s of London”ga a’zo bo‘lish jarayonini boshladi
2024 yil iyun oyida “O‘zbekinvest” kompaniyasi delegatsiyasining Londonga tashrifi davomida “Lloyd’s of London” vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, ushbu muzokaralarda “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining “Lloyd’s of London” birlashmasiga a’zo bo‘lish jarayonini boshlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Foto: O‘zbekinvest
“Lloyd’s of London” 1688 yilda tashkil etilgan bo‘lib, jahon tijorat sug‘urtasi va qayta sug‘urta bozorining 20 foizini qoplaydi, 2023 yil yakuni bo‘yicha yalpi mukofotlari 66,3 milliard AQSh dollarini tashkil etdi.
“Lloyd’s of London” London shahrida joylashgan bo‘lsa-da, u turli mamlakatlar va mintaqalarda sug‘urta mahsulotlari hamda xizmatlarini ko‘rsatish orqali global miqyosda faoliyat olib boradi. “Lloyd’s of London” birlashmasi 80 dan ortiq sindikatlarni o‘z ichiga olgan holda dunyoning 300 dan ortiq yetakchi sug‘urta kompaniyalarini birlashtirgan bo‘lib, ularga 200 dan ortiq maxsus sertifikatga ega bo‘lgan sug‘urta va qayta sug‘urtalash brokerlari xizmat ko‘rsatadi.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining “Lloyd’s of London”ga qo‘shilishi global sug‘urta bozoridagi “oliy liga”siga O‘zbekiston sug‘urta bozorining integratsiyasida muhim bosqich bo‘ladi.
Koll-markaz: (+998) 71−207−60−00, 1160
Sayt | Facebook |Instagram | Telegram | YouTube
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

10:00 / 28.05.2025
«O‘zbekinvest» IUA a’zosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeyini mustahkamladi

10:20 / 19.05.2025
"O‘zbekinvest" Ispaniya va Italiyadagi muzokaralar natijasida yangi xalqaro sheriklikka qadam tashladi

11:00 / 15.05.2025
"A.M. Best Company" xalqaro reyting agentligi "O‘zbekinvest" kompaniyasi reytinglarini "Barqaror" prognoz bilan "b"/"bb" darajasida tasdiqladi

11:00 / 22.04.2025