Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘lga qurol olgan xarkivliklar va frontda yetishmayotgan shifokorlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 837-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina razvedkasi Astraxan oblastidagi harbiy aerodromda eng so‘nggi rusumdagi Su-57 rusumli qiruvchi samolyot aniq nishonga olingani to‘g‘risida xabar berdi.
- Sky News xabariga ko‘ra, Ukraina harbiy samolyoti ilk bor Rossiya hududidagi nishonga zarba yo‘llagan. Kanal manbasiga ko‘ra, bu Belgorod oblastidagi qo‘mondonlik punkti bo‘lgan.
- Rossiyalik harbiylar Chasiv Yarning sharqiy chekkasida biroz ilgarilashga erishdi, deb xabar qilmoqda OSINT-tadqiqotchilar va OAV manbalari.
- Belgorod oblastining Rakityanskiy rayonida yong‘in ro‘y berdi. «Pepel» nashriga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari o‘q-dori omboriga zarba yo‘llagan.
- Bloomberg Rossiya afrikalik talabalarni urushga jo‘natayotgani haqida xabar qildi.
- Saratovda deputatning donosi tufayli Doraning konserti bekor qilindi. Qo‘shiqchi urush haqidagi fikrlari tufayli «taqiqlangan musiqachilar ro‘yxati»ga tirkalgan.
Xarkivda tinch aholi vakillarini qurol ishlatishga o‘rgatish bo‘yicha mashg‘ulot
Rossiya qo‘shini 10 mayda Xarkiv oblastining chegaradosh hududlarida yangi yurish boshlagandi. Iyun oyi boshlariga kelib yurish sur’atlari pasaydi. Bunga ko‘p jihatdan Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi o‘z operativ zaxiralarini ishga solgani sabab bo‘ldi. AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jyeyk Sallivanning hisoblashicha, Rossiyaning Xarkivga yurishi AQSh Ukraina qurolli kuchlariga Amerika qurollaridan RF hududi bo‘ylab zarba yo‘llashiga ruxsat berishi ortidan to‘xtagan. Ammo Rossiya qo‘shini oldinga yurish harakatlarini to‘xtatmayapti, RF qurolli kuchlari muntazam ravishda o‘qqa tutib turgan Xarkiv shahri aholisi esa hujumni qaytarishga tayyorlanmoqda.

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Vincenzo Circosta / Anadolu / Getty Images

Vincenzo Circosta / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Donetsk oblastidagi ukrain artilleriyachilari
Rossiya qo‘shini butun front bo‘ylab - Xarkivdan Zaporijjya oblasti Rabotine qishlog‘igacha bo‘lgan hududlarda oldinga yurishga harakat qilmoqda. Janglar boshqa bo‘linmalar qatori qirol Daniil nomidagi 24-alohida mexanizatsiyalashgan brigadasi mudofaalanayotgan Donetsk oblastida ham davom etmoqda.

Oleg Petrasiuk / Ukrainian 24 Mechanised brigade / AP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasiuk / Ukrainian 24 Mechanised brigade / AP / Scanpix / LETA

Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA

Oleg Petrasiuk / 24th Mechanized Brigade / EPA / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi barqarorlashtirish punkti
Donetsk oblasti Baxmut shahri yaqinidagi Chasiv Yar uchun janglar bir necha oydan buyon davom etmoqda. May oyida rossiyalik harbiylar shaharning sharqiy chekkalarini shturm qilgan, bu urinish u qadar muvaffaqiyatli chiqmagandi. 9 iyun kuni Ukrainadagi telegram-kanallar Rossiya qo‘mondonligi bir necha kundan buyon Kanal mikrorayonida — Chasiv Yarning sharqiy chekkasida kuch to‘playotganini yozdi. «Ukrainskaya pravda»ning Ukraina qurolli kuchlaridagi manbasi ham rossiyalik harbiylar shaharning sharqiy chekkasida turgani va artilleriya hamda dronlar ko‘magida oldinga siljishga urinayotganini tasdiqlagan. Uning qayd etishicha, ukrainalik harbiylar hamon shahar markazini nazorat qilmoqda. frontning boshqa uchastkalarida bo‘lgani kabi Chasiv Yarda ham Ukraina qurolli kuchlari jangchilariga ukrain shifokorlari yordam ko‘rsatmoqda.

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Diego Herrera Carcedo / Anadolu / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdan Sharm ash-Shayxga uchadigan reys texnik sabablarga ko‘ra kechiktirildi
O‘zbekiston | 17:19
-
Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda
O‘zbekiston | 16:59
-
BMT Bosh Assambleyasi «Tolibon» siyosatini keskin qoralovchi rezolyutsiyani ma’qulladi
Jahon | 16:54
-
Issiqxona gazlarining chiqarilishi cheklanadi
O‘zbekiston | 16:47
Mavzuga oid

11:31
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi

09:14
Klichko Germaniya kanslerini Ukrainaga TAURUS raketalarini berishga chaqirdi

07:21
Zelenskiy Rossiyaga yangi zarbalar berilishi haqida ma’lum qildi

21:45 / 07.07.2025