Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aholining ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning yangi tartibi o‘rnatiladi
“Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ijtimoiy xizmatlarning milliy standartlari talablari ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan, shu jumladan ularga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilgan vaqtdan boshlab olti oy o‘tgandan keyin majburiy deb hisoblanadi.
Aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalariga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishning quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
a) shaxsning yozma arizasiga ko‘ra uning hayotiy vaziyatini kompleks baholash orqali aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifasiga mansubligi aniqlanadi.
Bunda, axborot-ma’lumot xizmatlari, tezkor (shoshilinch) xizmatlar, qayta yo‘naltirish yoki tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda yozma ariza talab etilmaydi;
b) ijtimoiy xizmatlar keys-menejment usulini qo‘llagan holda o‘tkazilgan kompleks baholash natijalari, davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy himoya dasturlari hamda ijtimoiy xizmatlar klassifikatorida mavjud xizmatlar doirasida shakllantiriladigan va bajarilishi davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uchun majburiy bo‘lgan individual ijtimoiy himoya rejasidan kelib chiqib ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma asosida ko‘rsatiladi.
Bunda, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi va ijtimoiy xizmatlarni oluvchi yoki uning qonuniy vakili o‘rtasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma individual ijtimoiy himoya rejasi imzolangan sanadan boshlab bir kun ichida tuziladi;
v) hayotiy vaziyatni baholash yoki ijtimoiy xizmatlarni olishdan bosh tortish shaxsning qonunchilikda belgilangan ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlar bilan ta’minlanishiga ta’sir qilmasligi kerak.
Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish sohasidagi organlar va tashkilotlar:
a) o‘z vakolatlari doirasida aholining ayrim toifalarining turmush sifatini pasayishiga, jamiyat va davlat hayotida to‘laqonli ishtirok etishi uchun shart-sharoitlarning mavjud emasligiga, shuningdek, ularning asosiy hayotiy ehtiyojlarini mustaqil ravishda ta’minlash imkoniyatlarining qisqarishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan sabablarni aniqlash, oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini o‘zida aks ettirgan, ijtimoiy xizmatlar va yordamga ehtiyojni belgilaydigan holatlar profilaktikasini amalga oshirishga majbur;
b) ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradigan holatlarning oldini olish, ularni qabul qilishga majburlamasdan quyidagi bosqichlarni bajarish natijalari bo‘yicha amalga oshiriladi:
shaxsning (oilaning) hayot sifatini (turmush sharoitini) o‘rganish, bunday sharoitlarning yomonlashishiga ta’sir qiluvchi sabablarni aniqlash;
davlat statistik hisobot ma’lumotlarini tahlil qilish, tanlov tarzda so‘rovnomalar o‘tkazish orqali amalga oshiradi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Gurjiston TIV hamkorlik dasturini imzoladi
O‘zbekiston | 13:46
-
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40
-
Germaniya biznesi o‘zbekistonlik yoshlarni stajyor va malakali ishchilar sifatida ishga jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:39
-
O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qaysi davlatdan kelayotgani aytildi
O‘zbekiston | 13:20
Mavzuga oid

12:29 / 09.07.2025
O‘zbekistonning doimiy aholisi soni qariyb 38 mlnga yetdi

12:10 / 30.05.2025
O‘zbekiston hududlari bo‘yicha aholining o‘rtacha yoshi ochiqlandi

09:50 / 24.05.2025
O‘zbekistonliklarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yoshligi aytildi

13:17 / 30.04.2025