Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron shimolida yuz bergan fojia oqibatida Eron Islom Respublikasi prezidenti Ibrohim Raisiy va unga hamrohlik qilgan shaxslarning vafot etgani munosabati bilan ushbu mamlakat oliy diniy rahbari oyatulloh Ali Xominaiyga hamdardlik bildirdi.
Maktubda, jumladan, O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi keng qamrovli hamkorlikni, o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan Ibrohim Raisiyning yorqin xotirasi xalqlar qalblarida doimiy saqlanib qolishi ta’kidlanadi.
Davlat rahbari do‘st Eron xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi.
Baxtsiz hodisa 19 may kuni sodir bo‘ldi. Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, shuningdek, mamlakat tashqi ishlar vaziri Hussayn Amir Abdullohiyon va Sharqiy Ozarboyjon viloyati gubernatori Oyatulloh Muhammad Ali Al-Hoshim Ozarboyjon bilan chegaradagi to‘g‘on ochilishidan qaytayotgan edi. Vertolyot Sharqiy Ozarboyjon viloyatining Uzi qishlog‘i yaqinida qulagan.
Ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, vertolyot qulagan hududda tuman tushgan, shuningdek, u yerda ham yomg‘ir yog‘moqda, bu esa avtomobillar va odamlarning o‘tishini qiyinlashtirgan loyga sabab bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Bolgariyada suvda cho‘kkan o‘zbekistonlik talabaning vafoti tasdiqlandi. TIV zarur choralar ko‘rmoqda
Jamiyat | 19:16
-
Mahalliy ijro hokimiyati organlari xodimlarini rag‘batlantirishning yangi tizimi joriy etiladi
O‘zbekiston | 18:57
-
AQSh Venesuela prezidentini hibsga olish uchun mukofotni 50 million dollargacha oshirdi
Jahon | 18:55
-
Ayrim sohalarda mehnat shartnomalari elektron shaklga o‘tadi
Iqtisodiyot | 18:41
Mavzuga oid

02:21 / 02.09.2024
Eronda Raisiy vertolyotining qulashi bo‘yicha o‘tkazilgan tergov yakunlandi

19:06 / 22.08.2024
Eronda Raisiy vertolyoti halokatiga yuklama va ob-havo sabab bo‘lgani rad qilindi

21:23 / 21.08.2024
Eronda Ibrohim Raisiy vertolyoti halokati bo‘yicha tergov yakunlandi

16:03 / 12.07.2024