Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq kodeksida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalar miqdorlari kamaytiriladi
Senat yalpi majlisida ko‘rib chiqilgan qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda. Unga ko‘ra, fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartiriladi.

Foto: Senat axborot xizmati
Senatning ellik ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 2271-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi.
Ma’lum qilinishicha, kiritilayotgan o‘zgartirishga ko‘ra, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq javobgarlik yanada liberallashtirilmoqda. Xususan, mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga fiskal huquqbuzarliklar sodir etganlik uchun qo‘llanadigan moliyaviy sanksiyalar kamaytirilishini nazarda tutuvchi qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Jumladan, fiskal belgilarni aks ettirish yoxud avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalari bilan jihozlash yoki soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablarni yoki tartibni buzish, shuningdek, tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash tartib-qoidalariga oid huquqbuzarliklar birinchi marta sodir etilganda jarima miqdori oxirgi hisobot choragida olingan sof tushumning ikki foizini tashkil etadi.
Mazkur huquqbuzarlik moliyaviy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilsa, jarima miqdori yigirma foizni tashkil etishi belgilanmoqda.
Avval tadbirkorlar ushbu qonunbuzilish holati uchun oxirgi hisobot choragida ega bo‘lgan sof tushumni jarima shaklida to‘lashga majbur bo‘layotgan edi. Endilikda fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llanadigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda.
Muhokama yakunida qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi
Jamiyat | 00:31
-
OpenAI sun’iy intellekt asosidagi brauzerini ishga tushiradi
Fan-texnika | 00:11
-
Yevrokomissiya migrantlar oqimi sabab Afrikaga yordam ko‘rsatishni to‘xtatishi mumkin
Jahon | 23:41 / 09.07.2025
-
Rossiya frontda muhim yutuqlarga erishdi, Putin Trampga uzil-kesil yo‘q dedi - “Geosiyosat”
Jahon | 23:17 / 09.07.2025
Mavzuga oid

23:09 / 09.07.2025
Estoniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 18-paketini bloklash bilan tahdid qildi

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

21:31 / 03.07.2025
AQSh Eronga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi

20:10 / 30.06.2025