Farg‘ona viloyati kadastr boshlig‘i yig‘ilishda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan so‘kindi
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasi boshlig‘i Nodir Mashrapov xodimlari bilan o‘tkazgan yig‘ilishda kurakda turmaydigan so‘zlar bilan haqorat qilgani aks etgan video tarqaldi.

Foto: Videodan kadr
Videoda amaldor allaqanday shaxslarni nazarda tutib, agar ular “o‘yin qilgan” yoki bosim o‘tkazgan bo‘lsa, xodimlaridan bu haqda unga aytishini talab qilgan.
“Anavi hezalak qilmagan bo‘lsa, ***anini sug‘urib olib haydayman. Agar anavi …labdek o‘yin qilgan bo‘lsa. Hey, respublikadan odam kelib o‘tiribdi bu yerda. Bir deganda qilib beryapti hamma narsani. Manavi …donlar [nimadir] senlarni …tarayotgan bo‘lsa, ***anini sug‘urib olaman, …doraslar! Ayt menga, odamga o‘xshab! Blyat! Hammang o‘likka o‘xshaysan”, deya dag‘dag‘a qilgan Mashrapov.
Voqea qaysi yig‘ilishda bo‘lgani va video qachon olingani ma’lum emas.
Kun.uz vaziyatga aniqlik kiritish maqsadida Kadastr agentligi matbuot xizmati bilan bog‘landi, ammo holatga hozircha rasmiy munosabat taqdim qilinmadi.
Farg‘ona viloyati kadastr boshqarmasining Telegram-kanalida shu kunlarda viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida monitoring tadbirlari o‘tkazilayotgani, aniqlangan noqonuniy holatlarni bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani haqidagi qator xabarlar joylashtirilgan.
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘ulistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston | 09:42
-
Shavkat Mirziyoyev eksportchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha topshiriq berdi
O‘zbekiston | 09:23
-
Tramp Eronning Qatardagi AQSh bazasiga hujumini «juda zaif» deb atadi
Jahon | 09:21
-
Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:16
Mavzuga oid

12:00 / 23.06.2025
Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

18:19 / 20.06.2025
Farg‘onada tuman MIB boshlig‘i pora bilan ushlandi

09:14 / 18.06.2025
“Aybsiz bo‘lsa, nega yashirinib yuribdi?” – Farg‘ona viloyati IIB restoranga uyushtirilgan “maska-shou”ga izoh berdi

19:26 / 17.06.2025