Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bloomberg: Shvetsiya muhim infratuzilmasini mustahkamlashni boshladi
Shvetsiya fuqarolik mudofaasiga xarajatlarni keskin oshirdi va mamlakatning muhim hududlarini zaxira quvvat bilan ta’minlash rejalarini tayyorlamoqda.

Foto: Carsten Snejbjerg/Bloomberg
2024 yilda ittifoqqa qo‘shilgan Shvetsiya Rossiyaning yaqin o‘n yil ichida NATOga hujum qilishi mumkinligidan xavfsirab, mudofaa va elektr tizimini agressiv tarzda mustahkamlashga kirishdi. Bu haqda 24 aprel, chorshanba kuni Bloomberg xabar berdi. Shvetsiya mudofaa universiteti eksperti Vera van Zust agentlikka bergan intervyusida ta’kidlaganidek, Shvetsiyadagi elektr tarmoqlari ko‘plab Yevropa mamlakatlariga qaraganda diversiyaga ko‘proq moyil. Buning sababi Shvetsiyaning janubida yirik shaharlar, shimolda esa gidro va shamol elektr stansiyalari joylashgan. Shu munosabat bilan mamlakatda elektr tarmoqlari 16 ming kilometrga cho‘zilgan.
Rossiya energetika infratuzilmasiga hujum qilgan taqdirda keng miqyosdagi elektr ta’minotidagi uzilishlarning oldini olish uchun Shvetsiya zaxira quvvatini tayyorlashga kirishdi, deya qayd etadi Bloomberg. Shu tariqa, milliy energetika operatori Svenska Kraftnat Shvetsiyaning uchinchi yirik shahri Malmyodagi elektr stansiyasini sotishni bekor qildi. U 2016 yilda sotuvga chiqarilgan va besh yildan so‘ng egasi - Germaniyaning Uniper kompaniyasi gaz va dizel yonilg‘isida ishlay oladigan stansiyani demontaj qilish va mamlakatdan olib chiqish uchun sotgan. Endi Svenska Kraftnat Uniper’ga stansiyani shay holatga keltirish va uni o‘n yillik oxirigacha saqlab turish majburiyatini yukladi.
«Umid qilamanki, biz bu imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak bo‘lgan vaziyatga tushib qolmaymiz, - dedi zavod direktori Mikael Nilsson agentlikka bergan intervyusida. - Ammo biz bu yerda ekanligimizni va kerak bo‘lganda tayyor bo‘lishimizni bilish taskin beradi».
Shvetsiya zaxira energiya ta’minoti uchun rejalar tayyorlamoqda
Rossiya hujumlari natijasida energiya tizimi og‘ir ahvolda bo‘lgan Ukraina tajribasini hisobga olgan holda, Svenska Kraftnat Stokholm, Gyoteborg va boshqa muhim hududlarni zaxira energiya bilan ta’minlash rejalarini tayyorlamoqda. «Biz inqiroz davrida odatdagidek ishlashni davom ettirish qobiliyatimizni kuchaytirmoqdamiz», dedi kompaniyaning xavfsizlik bo‘yicha bosh direktori Erik Nordman Bloomberg bilan suhbatda.
2024 yilgi budjetda hukumat fuqarolik mudofaasi uchun 5,5 milliard kron (taxminan 473 million yevro) ajratdi - bu urushdan oldingi 2021 yildagidan deyarli uch baravar ko‘p. Aprel oyi o‘rtalarida esa bu summaga yana 385 million kron (33,1 million yevro) qo‘shildi. Shvetsiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi yillik xarajatlarni 10 milliard kronga (deyarli 860 million yevro) oshirish kerak, deb hisoblaydi.
Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson 23 aprel kuni shunday dedi: «Biz juda achinarli sabablarga ko‘ra, Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealardan ko‘p narsani o‘rganyapmiz».
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

08:47 / 14.07.2025
Maxsus iqtisodiy zonalarni infratuzilma bilan ta’minlashda bozor mexanizmi joriy etiladi

07:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston va Shvetsiya mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo bitim tuzishi mumkin

13:47 / 28.06.2025
O‘zbekiston onkologik kasalliklarga qarshi kurashishda Shvetsiya bilan hamkorlik qiladi

10:33 / 25.06.2025