Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda attraksionning o‘rindig‘i sinib, qulab tushdi. To‘rt kishi jarohatlandi
Jarohatlanganlarning ikki nafari Qozog‘iston fuqarosi bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati
Termiz shahrida attraksion o‘rindig‘i sinib qulab tushgan va to‘rt kishi jarohatlangan. Bu haqda Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 16 aprel kuni Termiz shahrida joylashgan “Termiz avenue park” MChJga qarashli “Bolajon” nomli madaniyat va istirohat bog‘ida o‘rnatilgan attraksionda o‘rindiq sinib, yerga qulab tushgan. Oqibatda to‘rt nafar fuqaro turli darajada tan jarohatlari olishgan.
“Attraksion mavsum oldidan to‘liq texnik shahodat sinovlaridan o‘tkazilmagan. Uni tayyorlash va uni texnik tekshiruvdan o‘tkazish uchun taqdim etish attraksionlarning soz holati va ulardan xavfsiz foydalanish uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tayinlanmagan, mavsumga tayyorligi to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzilmagan. Mavsum oldidan attraksiondan foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan undan foydalanilgan”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha jarohatlanganlar 11 va 15 yoshli qizlar hamda 27 va 29 yoshli ayollar bo‘lgan. Ulardan ikki nafari Qozog‘iston fuqarolari bo‘lishgan.
Jarohatlanganlar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ta’lim: Toshkent Kimyo universiteti yangi bosqichda
Jamiyat | 19:00
-
Bu yil Toshkent shahriga 8 milliard dollar investitsiya jalb qilinadi
O‘zbekiston | 18:33
-
Janubiy Koreya sobiq prezidenti Yun Sok Yol hibsga olindi
Jahon | 18:28
-
Yevrokomissiya Zelenskiy ishtirokidagi muzokaralarni yozib olgan tarjimonni chetlatdi - Le Monde
Jahon | 18:26
Mavzuga oid

20:36 / 04.07.2025
Surxondaryoda 65 sotix yerni 1,1 mlrd so‘mga sotishga uringan shaxslar ushlandi

19:27 / 01.07.2025
Surxondaryoda Bobotog‘ kanaliga suv chiqaruvchi quvur yorilib ketdi

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

23:30 / 24.06.2025