Zelenskiy G‘arbdan Ukrainani xuddi Isroildek himoya qilishni so‘radi
Ukrainani terrordan himoya qilishda ham shunday yo‘l tutish mumkin, dedi u.

Foto: AP
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arb ittifoqchilariga murojaat qilib, mamlakatni yangi havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlashni so‘radi.
G‘arb davlatlarining harakatlariga misol sifatida u yaqinda Eronning Isroilga hujumini keltirdi, bu vaqtda Isroilning o‘zi ham, uning ittifoqchilari - AQSh va Buyuk Britaniya kuchlari tomonidan raketalar va uchuvchisiz samolyotlar urib tushirilgan edi.
«Ittifoqchilarning qat’iy harakatlari terror muvaffaqiyati va infratuzilmani yo‘qotishning oldini oldi va tajovuzkorni sovib qolishga majbur qildi. Isroil kabi NATO a’zosi bo‘lmagan Ukrainani terrordan himoya qilishda ham shunday yo‘l tutish mumkin. Buning uchun esa 5-moddani faollashtirish shart emas, faqat siyosiy iroda yetarli», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, Kiyev ittifoqchilardan havo hujumidan mudofaa tizimlari taqdim etgani uchun minnatdor, biroq Rossiya zarbalarining shiddati ko‘proq narsani talab qiladi.
Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron, o‘z navbatida, London Kiyevga Quddusga ko‘rsatgan yordamni ko‘rsatmasligini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, agar Britaniya harbiy-havo kuchlari Ukraina uzra uchuvchisiz samolyotlar va raketalarni urib tushirishni boshlasa, bu Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga va mojaroning kuchayishiga olib keladi.
14 aprelga o‘tar kechasi Eron Isroil tomon 300 dan ortiq dron, qanotli va ballistik raketalarni uchirdi. Eron harbiy nishonlarining 99 foizidan ortig‘i Isroil tomonidan urib tushirildi.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
-
O‘zbekiston G‘azoda urushni to‘xtatish haqidagi BMT rezolyutsiyasiga qo‘shildi
Jahon | 23:21 / 13.06.2025
-
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi
Jahon | 23:12 / 13.06.2025
Mavzuga oid

23:46 / 13.06.2025
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi

23:12 / 13.06.2025
Erondagi masjid uzra qizil «qasos bayrog‘i» ko‘tarildi

22:36 / 13.06.2025
OAV: Isroil zarbalari oqibatida Tehronda 78 kishi halok bo‘lib, 300 dan ortiq kishi yaralandi

21:55 / 13.06.2025