Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Orolbo‘yida sog‘liqni saqlash tizimi bo‘yicha loyiha faoliyatini kengaytiradi
O‘zbekistonning Jyenevadagi BMT bo‘limi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Eldiyor Toshmatov Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Gebreyyesus bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA
"Dunyo" xabariga ko‘ra, uchrashuvda JSST bilan ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik istiqbollari hamda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Orolbo‘yi hududida sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan loyiha faoliyatini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi o‘rtasida tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish, yuqumli bo‘lmagan, respirator va onkologik kasalliklarning oldini olish va barvaqt aniqlashni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
JSST va "Zamin" xalqaro jamoat fondi o‘rtasida tibbiyot sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunida bosh direktor JSST O‘zbekiston tomoni bilan konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirishga, shuningdek, sog‘liqni saqlash sohasida qo‘shma tadbirlarni tashkil etishni qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Putin bilan uchrashuvining asosiy shartini aytdi
Jahon | 20:49
-
Makron Rossiyaga nisbatan bosimni kuchaytirishga va’da berdi
Jahon | 20:30
-
NYT: Pentagon Trampning samolyotini qayta jihozlash uchun 934 mln dollar yo‘naltirdi
Jahon | 20:11
-
Daniyalik milliarderlar Putinga xizmat qilishda ayblandi
Jahon | 19:47
Mavzuga oid

16:52 / 23.07.2025
Isroil JSST omboriga hujum qildi: G‘azoda ommaviy o‘limlar xavfi kuchaymoqda

23:50 / 02.07.2025
JSST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

16:06 / 02.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari

19:02 / 01.07.2025