GBU bilan jihozlangan barcha CHERY modellari kafolati saqlanib qoladi
Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutorlari bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi avtomobil sohiblarini avtomobilga gaz ballon uskunalari (GBU) o‘rnatilganidan keyingi texnik xizmat ko‘rsatilish kafolatiga oid muhim voqea haqida xabardor qilmoqda.

Foto: Chery Uzbekistan
Ko‘plab avtotransport vositalari sohiblari yoqilg‘i sarfini kamaytirish va avtomobilning tejamkorligini orttirish maqsadida GBU’ni o‘rnatish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdalar. Biroq, qaror qabul qilishdan oldin, ushbu uskunalarni o‘rnatish kafolat shartlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini tushunish muhimdir, barchaga ma’lumki, ko‘plab ishlab chiqaruvchilar GBU mavjud bo‘lganda mijozlarga kafolatli xizmat ko‘rsatilishidan bosh tortadilar.

15 apreldan boshlab GBU’ning o‘rnatilganligi Chery avtomobillari uchun kafolatli xizmat ko‘rsatilishi inkor etilishiga asos bo‘lmaydi (faqat konstruksiyaning o‘zgartirilishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘inlar, komponentlar, detallar kafolat shartlaridan chiqarib tashlanadi). Boshqacha qilib aytganda, avtomobilning o‘zgarishsiz qolgan barcha qismlariga kafolat amal qiladi.
Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan cheryauto.uz rasmiy saytida tanishish mumkin.

Shuni ham ta’kidlash joizki, Chery GBU bilan jihozlangan avtomobillar uchun kafolat shartlarini saqlab qolgan birinchi chet davlat brendi bo‘ldi.

Chery Uzbekistan rasmiy tarmog‘i nafaqat yuqori sifatli xizmat ko‘rsatish taqdim etibgina qolmay, balki ishlab chiqaruvchi tomonidan qo‘llab-quvvatlov amalga oshirilishiga ham kafolat berishiga mijozlarning e’tiborini qaratmoqdamiz. Rasmiy bo‘lmagan va tekshirilmagan servis markazlariga murojaat qilish istalmagan oqibatlarga, shu jumladan, kafolat huquqlarining yo‘qotilishiga hamda sifatsiz ehtiyot qismlaridan foydalanishga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun: Roodell Service – CHERY brendining O‘zbekistondagi rasmiy dilerlik servis markazi bo‘lib, kafolatli va kafolatdan keyingi xizmatlarni ko‘rsatadi.
Chery Uzbekistan’ning rasmiy sahifalari:
Tezkor liniya telefon raqamlari: +998 71 276 55 55
Website | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook | YouTube
Tavsiya etamiz
Ish staji yetarli bo‘lmasa ham pensiya tayinlanadimi?
O‘zbekiston | 10:03 / 31.05.2025
Eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgan hudud ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 11:34 / 30.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” Qurbon hayiti sharafiga aksiya e’lon qildi – 50% gacha chegirma
Jamiyat | 17:00
-
Yaponiyaga 10 ming o‘zbek mutaxassisini jalb qilishga qaratilgan loyihaga start berildi
O‘zbekiston | 20:09
-
O‘zbekistonda 1 noyabrdan boshlab o‘rmon fondi yer maydonlari alohida muhofaza etiladi
O‘zbekiston | 20:03
-
Yaponiyada xodimlari issiqdan qiynalayotgan kompaniyalarni jarimaga tortish boshlandi
Jahon | 19:23
Mavzuga oid

17:00 / 17.04.2025
Chery Uzbekistan’dan barcha Tiggo avtomobillariga 0% bo‘lib to‘lash imkoniyati - 36 oygacha

17:00 / 24.12.2024
Chery brendi O‘zbekistonda ikki yilligini nishonladi: yangi Tiggo 2 Pro modeli taqdimoti va dilerlik konferensiyasi

19:00 / 31.10.2024
Kelajak uchun texnologiyalar: Chery 2024 Global innovatsion konferensiyasining tantanali ochilish marosimi qanday bo‘lib o‘tdi?

17:00 / 13.06.2024