Foto: Prezidentlar Xivaning tarixiy obidalari bilan tanishdi
O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Xivadagi Nurillaboy saroy majmuasida ham bo‘ldi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev hamrohligida qadimgi Xivaning Ichan-qal’a majmuasi tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi.
“Ochiq osmon ostidagi muzey” sifatida tanilgan Xiva yaxlit yodgorlik sifatida Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan yagona shahardir. Bu yerda 120 dan ortiq me’moriy obidalar joylashgan.
1990 yilda Xiva shahri YuNeSKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan, 1997 yilda uning 2500 yilligi nishonlangan. 2020 yilda shahar Turkiy dunyoning madaniy poytaxti deb e’lon qilindi, 2024 yilda esa islom dunyosining turizm poytaxti bo‘ldi.
Nurillaboy saroyi XX asr boshlarida bunyod etilgan. Majmua madrasa, 100 dan ortiq xonalar, galereyalardan iborat. Saroy xonalarini bezashda nafaqat xivalik mohir ustalar, balki chet ellik rassom-dekoratorlar ham ishtirok etganlar, ular saroyning sharqona qiyofasiga Yevropaning modern uslubini singdirganlar. Xonalarning ichki ko‘rinish, kaminlari, Venetsiya oynalari va tilla suvi yugurtirilgan bronzadan ishlangan, billur ilgakli qandillari bilan ajralib turadi.
Xiva tarixi va uning fan rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, hududning boy madaniyati va san’ati haqidagi hikoyalar qozog‘istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston Mobiuz kompaniyasini xalqaro sotuvga qo‘ydi
O‘zbekiston | 23:10 / 09.06.2025
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda YaIM o‘sishi 6,7 foiz darajasida prognoz qilinmoqda
Iqtisodiyot | 11:48
-
Raqobat qo‘mitasi Beeline kompaniyasiga abonent to‘lovi masalasida ko‘rsatma berdi
Iqtisodiyot | 11:41
-
Los-Anjyelesning bir qismida tartibsizliklar tufayli komendantlik soati joriy etildi
Jahon | 11:39
-
O‘zbekiston va XVJ soliq siyosatini takomillashtirishni muhokama qilmoqda
O‘zbekiston | 11:37
Mavzuga oid

20:30 / 20.05.2025
Xivadagi Dishan qal’a qayta tiklanadi

14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi

22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi

20:54 / 01.05.2025