Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 apreldan boshlab Qo‘qon va Mo‘ynoq aeroportlarida parvozlar yo‘lga qo‘yiladi
Qo‘qon - Toshkent, Mo‘ynoq - Nukus yo‘nalishlaridagi havo qatnovlari “Uzbekistan Airways” tomonidan yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Foto: Uzbekistan Airways
1 apreldan boshlab “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Qo‘qon — Toshkent, Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishlarida aviaparvozlari yo‘lga qo‘yiladi. Qatnovlar yengil L-410 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Qayd etilishicha, Toshkent — Qo‘qon — Toshkent yo‘nalishida qatnovlar har kuni bo‘ladi: Toshkentdan uchish soat 11:30 da, Qo‘qonga qo‘nish soat 12:30, Qo‘qondan uchish soat 13:00 da, Toshkentga yetib kelish soat 14:00 da amalga oshiriladi.
Nukus — Mo‘ynoq — Nukus yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar esa haftasiga uch marta: dushanba, juma va yakshanba kunlari qo‘yilmoqda. Nukusdan jo‘nab ketish soat 09:00 da, Mo‘ynoqqa yetib kelish 09:35, Mo‘ynoqdan jo‘nash soat 10:05 da, Nukusga yetib kelish 10:40 da bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, yaqinda Farg‘onadagi mahalliy Qo‘qon aeroportida rekonstruksiya ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirilgandi. Ta’mirlash ishlariga jami 156 mlrd so‘m sarflangani aytilgan edi.
2022 yil sentabr oyida “Uzbekistan Airways” Nukus – Mo‘ynoq – Toshkent yo‘nalishida qatnovlar yo‘lga qo‘yilayotganini ma’lum qilgandi. Ammo AJning onlayn chipta olish mumkin bo‘lgan saytida bu yo‘nalishdagi parvozlar mavjud emas.
Shuningdek, prezidentning tegishli qarori bilan 2023 yil martdan bir qancha yo‘nalishlar qatorida Samarqand – Mo‘ynoq yo‘nalishida ham muntazam aviaqatnovlar boshlanishi kerak edi. Lekin bu ham hozirgacha amalga oshgani yo‘q.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Paynet: O‘zbekistonda fintex sohasini tubdan o‘zgartirishga qaratilgan 5 yangi xizmat
O‘zbekiston | 17:00
-
Tailand va Kambodja o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi
Jahon | 16:57
-
“Iqtisodni xalq salomatligidan ustun qo‘yishmasin” – zaharlanayotgan navoiyliklar haqida suhbat
Jamiyat | 16:21
-
Hafta davomida harorat o‘zgarishsiz qolishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:15
Mavzuga oid

11:35 / 27.07.2025
Mo‘ynoqdagi konda gaz sizib chiqishi ro‘y berdi

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

18:38 / 12.06.2025
Avtofalokatda jabrlanganlarga 500 million so‘m zarar qoplab berildi

07:53 / 18.05.2025