Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Madrimovga muddatidan oldin mayor unvoni berildi
WBA chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov muddatidan oldin yuqori lavozimga ko‘tarildi. Ichki ishlar vaziri unga mayor maxsus unvonini berdi.

Foto: IIV
O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimovning harbiy unvoni oshirildi.
O‘zbekiston boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, super yarim o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi, Ichki ishlar bo‘limi xodimi, bokschi Isroil Madrimovga muddatidan oldin «Mayor» harbiy unvoni berildi.
18 mart kuni Ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyida ichki ishlar xodimlarini taqdirlash marosimida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov Madrimovga mayor maxsus unvonini topshirdi. Bungacha sportchi kapitan unvoniga ega edi.
Saudiya Arabistonining Ar Riyod shahridagi «Kingdom Arena» majmuasida o‘tgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik bokschi WBA kamari uchun rossiyalik Magomed Qurbonovga qarshi ringga ko‘tarilib, shu vaqtgacha yengilmagan raqibini 5-raundda nokautga uchratgandi.
Madrimov 8 mart kuni Saudiya Arabistonida WBA chempionligi uchun avval mag‘lub bo‘lmagan rossiyalik bokschi Magomed Qurbonov ustidan muddatidan avval g‘alaba qozongandi.
14 mart kuni Isroil Madrimovga prezident sovg‘asi — narxi 1,04 mlrd so‘m bo‘lgan Chevrolet Tahoe avtomobili topshirilgandi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

08:21 / 20.07.2025
Usik Dyubuani chuqur nokautga tushirdi

11:56 / 07.07.2025
Navbahor Hamidova jahon kubogida g‘olib chiqqan ilk o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi

22:13 / 20.06.2025
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

10:48 / 31.05.2025