Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida 19 kishi halok bo‘lib, o‘nlab kishilar yaralandi
Qurbonlar orasida qutqaruvchi va tibbiyot xodimi ham bor.

Foto: Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETA
Juma kuni Odessa bo‘ylab yo‘llangan zarbalar oqibatida kamida 19 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq kishi yaralangan, deb xabar bermoqda Ukraina rasmiylari.
Harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, dam olish maskanining uch qavatli binosi vayron bo‘lgan, kamida o‘nta xususiy uy, texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, gaz quvuri, tez yordam avtomobili va o‘t o‘chirish mashinasi shikastlangan.
Ukraina janubi mudofaa kuchlari zarba «Iskander-M» raketalari bilan yo‘llanganini taxmin qilmoqda. Ukraina bosh prokuraturasiga ko‘ra, hujum mahalliy vaqt bilan soat 11:00 da boshlangan.
Idora ma’lumotiga ko‘ra, qurbonlar orasida Ukraina favqulodda vaziyat bo‘yicha davlat xizmati xodimi hamda tez yordam feldsheri ham bor.

Xabar qilishlaricha, ular juma kuni avvalroq ro‘y bergan zarba oqibatlarini bartaraf etish uchun yetib kelgandi.
«FVDX qutqaruvchilari zarba joyiga yetib kelib, yong‘inni o‘chirish, xarobalarni tozalash va jabrlanganlarni qidirish ishlariga kirishdi. Ish ketayotgan vaqtda dushman takroran raketa zarbasi yo‘lladi, natijada bir qutqaruvchi halok bo‘ldi», — deyilgan boshqarma xabarida.

Qurbonlar orasida shahar merining sobiq birinchi o‘rinbosari Sergey Tetyuxin ham bor, deb xabar berdi Odessa meri Gennadiy Truxanov. U 2023 yilda ishdan bo‘shab, frontda jang qilish uchun yo‘l olgandi.
Odessada shanba kuni qurbonlar xotirasiga motam e’lon qilindi.
«Bugun Rossiya yana Odessani o‘qqa tutib, begunoh kishilarni o‘ldirdi va qutqaruvchilarga ham zarba berdi. Bu beshafqat zarbalar Rossiya Yevropadagi tajovuzini to‘xtatmasligini anglatadi. Biz Rossiyani hozir to‘xtatish uchun Ukrainaga hozir yordam berishimiz darkor. Biror daqiqani ham behuda o‘tkaza olmaymiz», — deya yozgan AQShning Ukrainadagi elchisi Bridjit Brink tvitter sahifasida.
Rossiya hukumati ro‘y bergan hodisa bo‘yicha izoh bergani yo‘q.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

14:30
Ukraina sobiq mudofaa vaziri Reznikovning uyida tintuv o‘tkazildi

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

18:38 / 04.07.2025
Rossiyaning yozgi yurishi: Ukrainadagi vaziyat bir oy ichida qanday o‘zgardi?

13:50 / 04.07.2025