Iqtisodiyot | 12:14 / 14.03.2024
13416
1 daqiqa o‘qiladi

Umumiy ovqatlanish korxonalari 1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

2023 yil yanvar-dekabr oylarida umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 20 378 ta yuridik shaxs tomonidan 999,4 mlrd so‘m soliq to‘langan. 

Foto: Sputnik / Aleksey Mayshev

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 170,7 mlrd so‘mi, ya’ni 17,1 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 2 trln so‘mdan oshgan, qo‘llagan soliq imtiyozlari miqdori esa 26,3 mlrd so‘m. 

Soliq to‘lovchilar tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida quyidagicha: 

  • QQS – 74,4 mlrd so‘m; 
  • foyda solig‘i – 51,6 mlrd so‘m; 
  • JShODS - 33,5 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 11,2 mlrd so‘m.

Mavzuga oid