Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda uch bloger hibsga olindi. Ular tovlamachilikda gumonlanmoqda
Gumonlanuvchilar maktab direktori va uning fermer otasi haqida shaxsga oid ma’lumotlarni internetda tarqatmaslik evaziga 5 ming AQSh dollari so‘rab, shundan ma’lum qismini olayotganda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qashqadaryo viloyatida 3 nafar bloger — Nargiza Keldiyorova, Dildora Hakimova va Shukrulla Parpiyev hibsga olindi. Ular Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismida (Tovlamachilik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Qashqadaryo viloyati sudining rasmiy axborotiga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudida Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “v” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanuvchi va Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan 3 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi iltimosnomasi taqdim etilgan hujjatlar bilan ko‘rib chiqilgan.
Bular 1977 yilda tug‘ilgan, “Inson huquqlari” mustaqil tashkiloti a’zosi, “Himoyachi blogerlar” MChJ rahbari Shukrulla Parpiyev, 1980 yilda tug‘ilgan Nargiza Keldiyorova hamda 1984 yilda tug‘ilgan, Koson tumanidagi 12-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi Dildora Hakimova bo‘lgan.
Sudning 2024 yil 28 fevraldagi ajrimi bilan Qashqadaryo viloyat prokurori o‘rinbosarining iltimosnomasi qanoatlantirilgan hamda gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosovning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, gumonlanuvchilar maktab direktori va uning fermer otasi haqida shaxsga oid ma’lumotlarni internetda tarqatmaslik evaziga 5 ming AQSh dollari so‘rab, shundan ma’lum qismini olayotgan vaqtlarida ashyoviy dallilar bilan qo‘lga olingan. Ularga Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq bloger Elmurod Odilov Yakkabog‘ tumanida fermerlar ishiga aralashganlik aybi bilan, bloger A.Abdullayev, Nasaf News veb-sayti rahbari Umid Karimov va avtobloger Maqsud Muzaffarov transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish va mayda bezorilikda ayblanib, qamalgandi.
Joriy yilning yanvar oyida Qashqadaryoda 49 yoshli bloger tovlamachilikda aybdor deb topilib, unga sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagandi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
AQSh Senati qo‘mitasi Ukrainaga 500 mln dollarlik yordam ajratishni ma’qulladi
Jahon | 02:32
-
Dubayda bosh oshpaz rolini sun’iy intellekt bajaradigan restoran ochiladi
Fan-texnika | 01:29
-
Shavkat Mirziyoyev mahalla inspektori bo‘lgan katta leytenantga kapitan unvonini berdi, fuqarolarni yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:54 / 11.07.2025
Mavzuga oid

14:47 / 09.07.2025
Farhod ko‘chasidagi avtomobil ehtiyot qismlari bozorida jinoiy guruh a’zolari ushlandi

16:10 / 01.07.2025
Inqiroz manzaralari: nurab yotgan issiqxonalar – har bir hududda

23:00 / 30.06.2025
Qashqadaryodagi ikkita do‘konda yong‘in chiqdi

12:58 / 28.06.2025