“Navoiyuran” davlat korxonasi transformatsiyasida yana bir qadam
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2022 yil 14 iyuldagi “2022-2030 yillarda “Navoiyuran” davlat korxonasida uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-319-sonli qarorida “Navoiyuran” davlat korxonasini transformatsiya qilish orqali moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy qilish va 2024 yilning yakuniga qadar xalqaro kredit reytingi olinishi belgilangan.

Foto: Navoiyuran
Shu maqsadda, bugungi kunda “Navoiyuran” davlat korxonasi moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (IFRS) birinchi bor qo‘llash orqali 2022-2023 yillar yakuni bilan ular jahonda tan olingan “Katta to‘rtlik” (Big four) xalqaro auditorlik kompaniyasi Deloitte tomonidan auditdan o‘tkazilmoqda.
Ushbu jarayonda “Navoiyuran” davlat korxonasining birinchi xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritish maqsadida xalqaro kredit reyting agentliklari bilan muzokaralar olib bordi.
Olib borilgan muzokaralar natijasida joriy yilning 6 mart sanasida Toshkent shahrida “Fitch Ratings on Uzbekistan” tadbiri doirasida “Navoiyuran” davlat korxonasi va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi o‘rtasida shartnoma imzolashga erishildi.
Mazkur shartnoma doirasida, Fitch Ratings joriy yilning sentabr-oktyabr oylarida “Navoiyuran” davlat korxonasida 2022-2023 yillarda amalga oshirilgan transformatsiya tadbirlari va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tayyorlangan hisobotlari halqaro talablar asosida baholanadi va korxonaga halqaro kredit reyting olish choralari ko‘riladi.
Mazkur tadbirda Fitch Rating tomonidan respublikamizning yirik tashkilotlari tomonidan xalqaro kredit va ESG reytinglarining qo‘lga kiritilishi, xalqaro reytinglar bo‘yicha yangilik va o‘zgarishlar xaqida panel sessiyalari bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan birga, “Navoiyuran” davlat korxonasi va Fitch Ratings xalqaro reyting agentligi o‘rtasida korxonada atrof-muhit, ijtimoiy va korporativ boshqaruv bo‘yicha ESG tamoyillari joriy etilayotganligini baholash va Sustainibility (“Barqarorlik”) ESG reytingini olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
«Siti» va «Real»da qayta qurish boshlandi. Yozning ilk haftalaridagi transferlar
Sport | 18:12 / 15.06.2025
AQSh–Eron muzokaralari taqdiri nima bo‘ladi?
Jahon | 23:29 / 14.06.2025
Parkentda 3 bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Jamiyat | 20:35 / 14.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda Toshkent – Bali yo‘nalishida tarixdagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri reys yo‘lga qo‘yilmoqda
Jamiyat | 19:00 / 17.06.2025
-
Eron Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga zarba berish uchun raketalarni tayyorladi – OAV
Jahon | 01:54
-
Kanada Putinning sobiq rafiqasiga sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 01:29
-
«Andijon do‘ppisi» va «So‘qoq somsasi» geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatga olindi
O‘zbekiston | 00:51
Mavzuga oid

17:00 / 09.06.2025
"Navoiyuran" korxonasida ESG tamoyillari asosida yangi standartlar joriy etildi

19:00 / 18.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ishlab chiqarish rejasini ortig‘i bilan bajardi

19:00 / 12.04.2025
“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini qo‘lga kiritdi

19:13 / 15.01.2025