Xorazmda «O‘zbekiston–Turkmaniston» erkin savdo zonasi tashkil qilinadi
Savdo zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash, saralash va boshqa xizmatlar ko‘rsatiladi.
«O‘zbekiston–Turkmaniston» erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Xorazm viloyati, Shovot tumanida tovarlarni saqlash, saralash, sotish, transport va boshqa zamonaviy xizmatlar infratuzilmasini tashkil etish uchun «O‘zbekiston–Turkmaniston» erkin savdo zonasi tashkil qilinadi.
Savdo zonasida:
- zamonaviy texnologiyalar asosida mahsulotlarni qabul qilish, saqlash va saralash xizmatlari ko‘rsatiladi;
- «yagona darcha» va interaktiv mexanizmlar asosida bojxona, soliq, sertifikatlash, fitosanitariya, veterinariya, transport xizmatlari, mavjud infratuzilma va imkoniyatlarni o‘rgangan holda, bank va valuta ayirboshlash, mobil aloqa hamda mijozlar uchun tibbiy, mehmonxona, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi;
- faqat O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar savdosi tashkil qilinadi;
- chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirish huquqi berilgan «erkin bojxona zonasi» bojxona rejimi amal qiladi;
- O‘zbekiston hududida bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar harakatlanish hujjatlari asosida alohida nazorat o‘tkazish punkti orqali o‘tadi va ularning ortga qaytishiga faqat kirgan nazorat o‘tkazish punkti orqali ruxsat etiladi;
- shaxslar, transport vositalari va yuklar erkin harakatlanadi.
Savdo zonasidagi bino va inshootlar tadbirkorlarga elektron onlayn auksion savdolari asosida ijaraga beradi.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Moskva viloyatidagi Ozarboyjon diasporasi rahbari Rossiya fuqaroligidan mahrum qilindi
Jahon | 20:05
-
Polsha Janubiy Koreyadan 180 ta tank sotib oladi
Jahon | 19:21
-
Shavkat Mirziyoyevning Ozarboyjonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 19:18
-
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?
Jahon | 19:10
Mavzuga oid

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

09:37 / 16.06.2025
Erondagi o‘zbekistonliklar Turkmaniston orqali evakuatsiya qilindi

19:07 / 07.06.2025