Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 9 yil oldin otib ketilgan siyosatchi Boris Nemsov xotirlandi
Rossiyaning qator shaharlarida Boris Nemsov o‘ldirilgani 9 yilligi munosabati bilan odamlar siyosiy qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan yodgorliklarga gul va shamlar olib keldi.

Foto: VOA
Muxolifatchi siyosatchi Boris Nemsov Moskvada o‘ldirilganining to‘qqiz yilligi munosabati bilan – 27 fevral, seshanba kuni Rossiya qator shaharlari aholisi siyosiy qatag‘on qurbonlari yodgorliklari poyiga gul qo‘ydi. Ayrimlar 16 fevral kuni Rossiya koloniyasida vafot etgan siyosatchi Aleksey Navalniyning suratlarini ham yodgorliklarga olib keldi.
Ommaviy axborot vositalari va Telegram-kanallarida yozilishicha, Boris Nemsovni Moskva, Samara, Vladivostok, Tomsk, Novosibirsk, Barnaul va boshqa shaharlar aholisi xotirlagan. Rossiya poytaxtida ko‘pchilik «Nemsov ko‘prigi» deb ataydigan Bolshoy Moskvoretskiy ko‘prigida muxolifat yetakchisi o‘ldirilgan joyga odamlar gullar va shamlar olib keldi. «Mojyem ob’yasnit» Telegram-kanali yozganidek, ko‘prikda politsiya navbatchilik qilgan. Biroq qo‘lga olinganlar haqida xabar berilmagan.
AQShning Rossiyadagi elchisi Lin Treysi ham Bolshoy Moskvoretskiy ko‘prigiga gullar olib keldi. «Boris Nemsovning merosi rossiyaliklar va butun dunyo xalqlarini korrupsiyaga qarshi kurashish, so‘z erkinligi va inson huquqlarini himoya qilish uchun ilhomlantirishda davom etmoqda», — deyiladi AQShning Rossiyadagi elchixonasi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.
Sankt-Peterburg aholisi Solovetskiy toshiga to‘qqiz yil avval o‘ldirilgan siyosatchi xotirasiga gullar olib keldi.
Boris Nemsovning o‘ldirilishi
Boris Nemsov 2015 yilning 27 fevral kuni kechqurun Kremldan yuz metr uzoqlikdagi Bolshoy Moskvoretskiy ko‘prigida otib o‘ldirilgan. Sud besh nafar Checheniston fuqarosini aybdor deb topdi va uzoq muddatga qamoq jazosiga hukm qildi, ular orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor. Bular Zaur Dadayev (qotillikning bevosita ijrochisi), aka-uka Anzor va Shadid Gubashev, Temirlan Eskerxanov va Xamzat Baxayevdir.
Qotillik tashkilotchilari hozircha aniqlanmagan. Nemsovning tarafdorlari va qarindoshlari tergovni tanqid qilgan, ularning aksariyati siyosatchi o‘ldirilishiga Checheniston yoki Rossiya rahbariyati aloqasi borligiga ishonchi komil.
2015 yilda Nemsovning yaqinlari IHeSga murojaat qilgan. 2023 yil iyulida sud Rossiyada muxolifat yetakchisining o‘ldirilishi bo‘yicha samarali tergov o‘tkazilmagani haqida qaror chiqardi. Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa konvensiyasining 2-moddasi («Yashash huquqi») buzilgan. Rossiya davlati siyosatchining jabrlanuvchi sifatida tan olingan qizi Janna Nemsovaga 20 ming yevro miqdorida tovon to‘lashi kerak, deb qaror qildi IHeS.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

23:54 / 14.07.2025
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin

21:01 / 14.07.2025
Tramp Rossiyaga Ukraina bilan kelishuvga erishish uchun 50 kun muhlat bermoqchi

20:19 / 14.07.2025
Rossiya sudi yozuvchi Boris Akuninni sirtdan 14 yillik qamoqqa hukm qildi

19:03 / 14.07.2025