Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamoatchilik ekologiya nazoratchisining huquq va majburiyatlari belgilandi
2024 yil 1 iyunga qadar jamoatchilik ekologiya nazoratchiligiga nomzodlar Ekologiya vazirligi tomonidan mustaqil ta’lim shaklida maxsus tayyorgarlikdan o‘tkaziladi. Bu Vazirlar Mahkamasining 24 fevralidagi «Jamoatchilik ekologiya nazoratchisi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarorida qayd etilgan.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Nizomda jamoatchilik ekologiya nazoratchisi faoliyatini tashkil qilish tartibi, maqomi, vazifasi, huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Xususan, O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan va 18 yoshga to‘lganlar ekologiya nazoratchisi bo‘lishi mumkin.
Ekologiya nazoratchisi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- sohaga oid qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va chek qo‘yishda ishtirok etish;
- ekologik huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish, brakonerlikka qarshi kurashish;
- tabiatni muhofaza qilish faoliyatining samaradorligini oshirish hamda davlat ekologik dasturlari va boshqa ekologik dasturlar amalga oshirilishida fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolar ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish.
Ekologiya nazoratchisi quyidagi huquqbuzarliklarni aniqlaganda dalolatnoma rasmiylashtiradi:
- chiqindilarni belgilanmagan joyga tashlash yoki yoqib yuborish;
- avtotransport vositalarini ochiq suv havzalari yaqinida yuvish hamda oqova suvlarni ushbu havzaga oqizish;
- qum-shag‘al materiallarini noqonuniy qazib olish;
- jismoniy va yuridik shaxslar faoliyatidan hosil bo‘lgan oqova suvlarni belgilanmagan joylarga oqizish;
- noqonuniy ov qilish;
- daraxtlarni noqonuniy kesish, o‘simliklarni yo‘q qilishga olib keluvchi boshqa holatlar.
Tavsiya etamiz
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Urush nima bo‘lyapti?
Jahon | 19:26 / 07.08.2025
O‘zbekistonda tonirovka uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin
O‘zbekiston | 15:45 / 07.08.2025
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neft – dunyo iqtisodiyotining yuragi
Moliya | 23:17 / 09.08.2025
-
Ukraina va Yevropa o‘z tinchlik rejasini taqdim etdi – WSJ
Jahon | 22:29 / 09.08.2025
-
Rossiya harbiy brigadalardan birini migrantlar bilan to‘ldirdi – DeepState
Jahon | 21:33 / 09.08.2025
-
Mehnat huquqiga oid farmon: nimalar o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot | 21:11 / 09.08.2025
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025