Qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarda yaylovlarni barqaror boshqarish loyihasi amalga oshiriladi

Foto: Kun.uz / Nuriddin Nursaidov
“BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Global ekologik jamg‘arma ishtirokida “O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Quyidagilar:
- Global ekologik jamg‘arma (GEJ) tomonidan "O‘zbekistonning qurg‘oqchilikka uchragan ekotizimlarida yaylovlar va o‘rmonlarni barqaror boshqarish (LDN)" loyihasini 5 yil muddatga moliyalashtirish uchun 3 776 941 AQSh dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratilgani;
- loyihani amalga oshirish uchun umumiy ijrochi va texnik yordam ko‘rsatuvchi etib Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi belgilangani;
- loyihani amalga oshirish davrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekistondagi vakolatxonasi mas’ul ijro etuvchi organ sifatida faoliyat ko‘rsatishi;
- loyiha Buxoro va Navoiy viloyatlarida amalga oshirilishi ma’lum qilindi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
- FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan loyihani amalga oshirish kelishuvini imzolash;
- har ikkala vazirlik huzurida loyihaga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladigan, jami 4 nafar xodimdan (har bir vazirlikda 2 nafardan) iborat yuridik shaxs maqomiga ega loyihani boshqarish guruhlarini tashkil etish;
- loyihani boshqarish guruhlari nizomini, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda tasdiqlash;
- loyihani boshqarish guruhlariga har yili muddatli ishga qabul qilinadigan mahalliy maslahatchi-ekspertlarning oylik ish haqlari va boshqa to‘lovlarini FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan kelishgan holda tasdiqlangan stavkalar asosida belgilash;
- loyiha doirasida belgilangan tadbirlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning maqsadli va tizimli sarflanishini nazorat qilish, shuningdek, sarflangan hamda o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlarni tayyorlash va tasdiqlash;
- loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, sarflangan va o‘zlashtirilgan mablag‘lar to‘g‘risida hisobotlar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni har chorakda o‘zining rasmiy veb-saytida yoritib borish orqali loyihalarni amalga oshirilishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatilishini ta’minlash;
- Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari, tegishli vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda loyihani amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- loyihani amalga oshirishda erishilgan natijalar va o‘zlashtirilgan mablag‘lar yuzasidan hisobotlarni belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarga kiritib borish choralarini ko‘radi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi
Jahon | 06:21
-
Braziliyada havo shari qulashi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi
Jahon | 06:02
-
Eron prezidenti mamlakatning yadroviy dasturdan voz kechmasligini aytdi
Jahon | 02:11
-
Pavel Durov o‘z boyligini 100 dan ortiq farzandlari orasida taqsimlaydi
Jahon | 00:50
Mavzuga oid

14:59 / 16.06.2025
O‘zbekistondagi o‘rmon va yaylov yerlarining bir qismi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun beriladi

15:55 / 26.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov

23:08 / 21.09.2024
Braziliyadagi qurg‘oqchilik va o‘rmon yong‘inlari butun dunyoda qahva narxining oshishiga olib kelmoqda

20:55 / 14.09.2024